Kuvaytning merosxo‘r shahzodasi shayx Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 30-sentabr kuni qasamyod qabul qildi va mamlakatning yangi amiriga aylandi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Xabar berilishicha, qasamyod qabul qilish marosimi mamlakat parlamentida bo‘lib o‘tgan.
83 yoshli Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 91 yoshida vafot etgan shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Sabohning o‘rniga Kuvayt amiri bo‘ldi.
Kuvaytda 40 kunlik milliy motam e’lon qilindi.
Kuvaytning avvalgi amiri Shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 91 yoshida AQShda vafot etgani haqida avvalroq xabar berilgandi. U AQShga 2020-yilning iyul oyida tibbiy ko‘rikdan o‘tish va davolanish uchun borgandi.
Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh akasi AQShda davolangan so‘nggi oylar davomida davlat rahbari lavozimini qisman bajarib kelgan.
Izoh (0)