Professional boksning super yengil vazn (-63,5 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Josh Teylor (17-0, 13 KO) Toshkent vaqti bilan 27-sentabr, yakshanba tongida navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Foto: Twitter

Shotlandiyalik bokschi Angliya poytaxti Londonda o‘tkazilgan jangning birinchi raundidayoq Apinan Kongsongni (16-1, 13 KO) nokautga uchratdi.

Chempion raqibining tana qismiga kuchli zarba yo‘lladi, tailandlik bokschi mazkur zarbadan keyin o‘nglana olmadi.

Mazkur jang videosini bu yerda tomosha qilish mumkin → havola.

Ma’lumot uchun, ushbu vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschilar Shahram G‘iyosov (10-0, 8 KO) va Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) harakat qiladi.

WBA reytingida Shahram 6-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, undan keyingi pog‘onada Shohjahon bormoqda. Ergashev shuningdek, IBF (6-o‘rin) va WBO (13) yo‘nalishlarida ham top-15 likdan joy olgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!