• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prik quladi. Endi yo‘limiz ham shunday yaroqsiz bo‘lmasin” — qumqo‘rg‘onliklar

    Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Ko‘ganli” mahallasida yashovchi aholi hududda 6,5 milliard so‘mga qurib bitkazilgan ko‘prik hech qancha vaqt xizmat ko‘rsatmay qulab tushganini, yangi qurilayotgan yo‘l ham xuddi shunday sifatsiz bajarilib yaroqsiz holga kelib qolishidan qo‘rqmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Bu haqda “Daryo”ga shikoyat qilgan qumqo‘rg‘onliklar yo‘l ta’miri uchun ajratilgan 5,5 milliard so‘m to‘g‘ri sarflanmayapti degan fikrda.

    “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev mazkur murojaatni o‘rganish maqsadida Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    “Mahallamiz hududidan o‘tuvchi 19 km yo‘l ta’miri uchun 5,5 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, 2020-yilning yanvar oyida ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Biroq ta’mirlash ishlari loyihada ko‘rsatilgandek amalga oshirilmayapti. Bu esa yo‘lning sifatsiz qurilishiga sabab bo‘ladi”, — deydi tumanning “Ko‘ganli” mahallasida yashovchi Umbar Zoirov.

    Umbar Zoirov.

    Umbar Zoirov.
    Foto: “Daryo”

    Umbar Zoirovning ma’lumot berishicha, Sariosiyodan olib kelinishi lozim bo‘lgan sheben, Jarqo‘rg‘ondan kelishi lozim bo‘lgan qum va neft mahsulotlari olib kelinmayapti. Ularning o‘rniga loyli qum va sifatsiz shebendan foydalanilmoqda.

    “Loyihada sheben Sariosiyodan, qum va neft mahsulotlari esa Jarqo‘rg‘ondan olib kelinishi ko‘rsatilib mablag‘ ham shunga yarasha ajratilgan. Lekin yo‘l ta’miriga mas’ullar loyihada aytilgan ishni bajarmayapti. Daryodan loyli qum olib kelib, ishning sifatsiz bajarilishiga sababchi bo‘lmoqda”, — deydi mahalla faoli.

    Foto: “Daryo”

    Murojaatchilar mahallada 2017-yil oxirida 6,5 milliard so‘mga qurilib, foydalanishga topshirilgan ko‘prik 2020-yil boshiga kelib yaroqsiz holga kelganini aytib, yo‘l ham shunday sifatsiz bajarilgach, hech qancha vaqt o‘tmay yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan aholining aytishicha, yo‘l ta’miri sifatsiz bajarilayotgani sabab aholi yo‘l ta’mirini to‘xtatishni talab qilgan.

    “Yo‘l sifatsiz ta’mirlanayotgani, shuningdek, qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilayotgan payt yo‘l belgilari o‘rnatilmagani sabab biz bundan norozi bo‘ldik va ta’mirlash ishlari to‘xtatilishini talab qildik, — deydi aholi vakillari. — Ushbu hududda 500 nafar o‘quvchi o‘qiydigan 43-maktab bor. 2020-yil yanvarda ta’mirlash ishlari boshlangan payt loyli qum to‘kilgani sabab farzandlarimiz maktabga borishda loyga botib qolardi. Ayni kunlarda esa chang to‘zondan aziyat chekyapmiz”.

    Foto: “Daryo”

    Aholining qo‘shimcha qilishicha, talabga javob bermaydigan yo‘l sabab yo‘lkira narxlari ham keskin oshgan.

    “Taksilar mahallamizga kirish joydagi katta yo‘ldan Denovga qadar 8 ming so‘m bilan olib borishsa, Elbayon orqali Sho‘rchi tumaniga olib chiquvchi 19 km yo‘lga 10 ming so‘m so‘rashadi. Sababi yo‘l buzuq va sifatsiz. Qolaversa, ayni kunda chang va yurib bo‘lmaydigan darajaga kelgan”, — deydi To‘xtamish Ibragimov.

    To‘xtamish Ibragimov.

    To‘xtamish Ibragimov.
    Foto: “Daryo”

    Qumqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi mas’ul xodimi Husan Rahimovning ma’lumot berishicha, yo‘l ta’miri haqiqatan ham 2020-yil yanvar oyida boshlangan bo‘lib, barcha me’yoriy talablar asosida bajarilmoqda.

    “Aholida norozilik kuzatilayotgani bor gap. Shu bois ham aholi yo‘lning ta’mirlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Biroq biz ‘Termizavtoyo‘l’ MChJ tomonidan belgilangan me’yoriy talablar asosida ish bajaryapmiz. Lekin buni odamlarga tushuntirolmayapmiz. Odamlar tushunishni istamayapti”, — deydi Husan Rahimov.

    Foto: “Daryo”

    Husan Rahimov aholining qurilish ishlari ketayotgan paytda yo‘l belgilari o‘rnatilmagani to‘g‘risidagi e’tirozini eshitgach, “yo‘l belgilarini o‘zimiz bilan olib kelib, yana olib ketyapmiz. Ta’mirlash ishlari bajarilayotgan paytda belgilar o‘rnatilayapti”, deya javob berdi.

    Aholining qo‘shimcha qilishicha, mazkur mahalla tuman IIB boshlig‘i rahbarligidagi uchinchi sektor hududi bo‘lib, aholi sektor rahbarini tanimaydi. Uning faoliyatidan bexabar.

    “Sektor boshlig‘i kimligini bilmaymiz va tanimaymiz. Besh yil davomida umuman ko‘rmaganmiz. Mahallamizga kelganini ham bilmaymiz”, — deydi Chori Zoirov.

    Chori Zoirov.

    Chori Zoirov.
    Foto: “Daryo”

    Tuman IIB boshlig‘i, uchinchi sektor rahbarini taniydigan To‘xtamish Ibragimov esa qulab tushgan ko‘prik masalasiga e’tibor qaratgan IIB boshlig‘i muammoni o‘rganib, tez orada hal etishini ma’lum qilganini, biroq muammo haligacha yechim topmaganini bildirmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bu haqda gapirgan O‘tkir Xolmatov va Odina bobo Abdurahimovlar ko‘prikka 6,5 milliard so‘m sarflangan bo‘lsa-da, ish sifatsiz bajarilgani sabab ko‘prik “umri qisqa” bo‘lganini ta’kidladi.

    O‘tkir Xolmatov.

    O‘tkir Xolmatov.
    Foto: “Daryo”

    “Mana shu ko‘prik 1 yil 7 oy deganda shunday ‘avariya’ holatiga kelib qoldi. Holbuki, bu ko‘prikka 6,5 milliard so‘m sarflangandi. Ish sifatsiz bajarilgani uchun ko‘prikning “umri qisqa” bo‘ldi. Biz yo‘limiz ham shunday sifatsiz ta’mirlanib, hech qancha vaqt o‘tmasdan yaroqsiz holga kelishidan qo‘rqyapmiz”, — deydi Odina bobo Abdurahimov.

    Foto: “Daryo”

    Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Nigora Jumayeva bilan muloqotda tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari mazkur holatga izoh berishini so‘radik. Nigora Jumayeva hokim o‘rinbosari voqea joyiga yetib borishini, jurnalistni qiziqtirgan savollarga javob berishini ma’lum qildi. Biroq hokim o‘rinbosari voqea joyiga kelmadi. Telefon orqali ham mas’ulga bog‘lana olmadik.

    28.09.2020, 16:11   Izoh (0)   57853
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga COVID-19’ga chalinmaganlik haqida soxta ma’lumotnoma bilan kelayotgani ma’lum qilindi

    28.09.2020, 15:58

    Toshkentdagi “Zarafshon” savdo-ko‘ngilochar markazi yonida sodir bo‘lgan janjal bo‘yicha IIBB munosabat bildirdi

    28.09.2020, 15:14

    O‘zbekistonga xorijdan 5,3 million dollarlik televizor va uning qismlari import qilindi

    28.09.2020, 14:59

    O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Xitoy tajribasini o‘rganadi

    28.09.2020, 13:12

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga to‘qqizinchi hafta ko‘tarildi

    28.09.2020, 12:28

    Shuhrat Abdurahmonov 13 hokimga DXMlar uchun yil oxirigacha yangi binolar qurishni buyurgandi. Bo‘ston hokimi topshiriqni bir oyga qolmay bajardi

    28.09.2020, 10:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Meksikada tashlandiq uydan 32 ta bo‘laklangan jasad topildi

    Dunyo | 5 avgust, 22:05

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Apple miyasi iPad’ga ulangan insonni namoyish etdi

    Dunyo | 5 avgust, 21:50

    Qo‘shma Shtatlarning eng maqtalgan raketa esminetsi holati tarmoq foydalanuvchilari orasida istehzoga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 5 avgust, 21:40

    Toshkentda Spark yo‘l o‘rtasida yonib ketdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:30

    Ukraina Yaponiya bilan birgalikda dronlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 21:20

    Afg‘onistonda bolalar to‘yib ovqatlanmasligi eng yuqori darajaga yetdi — BMT

    Dunyo | 5 avgust, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.