Vitaminga boy hamda mazasi og‘izda eriydigan oladye bolalar, shuningdek, kattalar uchun ham sevib iste’mol qilinadigan yegulik hisoblanadi. Sinab ko‘rib, natijaga o‘zingiz baho bering.

Foto: Lifehicker

Kerakli mahsulotlar:

  • Qovoq – 150 gr;
  • Qattiq pishloq – 30 gr;
  • Tuxum – 1 dona;
  • Sut – 2 osh qoshiq;
  • Un – 4 osh qoshiq;
  • Qabartma (razrixlitel) – 1 choy qoshiq;
  • O‘simlik yog‘i – 2 osh qoshiq;
  • Tuz va ziravorlar ta’bga ko‘ra.

Kerakli mahsulotlar:

  1. Qovoq va pishloq qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Tuxum, un, sut, qabartma, tuz va ziravor bilan aralashtiriladi.
  2. Tovada o‘rtacha olovda o‘simlik yog‘i qizdiriladi.
  3. Bir osh qoshiq miqdorda oladye aralshmasi tovaga quyilib, ikki tomoni qizarguncha pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!