Ushbu noodatiy taom dasturxoningizda yanada ajoyib ko‘rinadi. Qiymali “nachinka” qovoq bilan uyg‘unlashib, takrorlanmas ta’mni hosil qiladi.
Kerakli mahsulotlar:
- Guruch – 140 gr;
- Piyoz – 1-2 dona;
- O‘simlik yog‘i – 2 osh qoshiq;
- Qo‘y go‘shti qiymasi – 450 gr;
- Qovoq – 1 dona;
- Pomidor – 2-3 dona;
- Petrushka – 5-7 yaproq;
- Tuz va ziravorlar ta’bga ko‘ra.
- Guruch qaynatib olinadi.
- Piyoz mayda to‘g‘ralib, yog‘da qovuriladi.
- So‘ng uning ustidan qiyma solinib, yaxshilab qovuriladi.
- Aralashmaga tuz va ziravorlar solinib, tova 1 daqiqaga olovda qoldiriladi.
- Ustidan qaynatilgan guruch, ko‘kat va maydalangan pomidor solinadi. 5 daqiqa mobaynida olovda qoldiriladi.
- Agar “nachinka” quruq tuyulsa, biroz suv qo‘shish mumkin.
- Qovoqning tepa qismi kesib olinib, ichi urug‘lardan tozalanadi va ichiga “nachinka” solinadi.
- Tayyor bo‘lgan qovoq falga ustiga qo‘yiladi va kesib olingan qopqog‘i yopiladi. Pechga 160 darajaga ikki soatga qo‘yiladi.
Izoh (0)