Professional futbol Ligasi (PFL) Coca-Cola Superliga 16-tur ramziy terma jamoasini e’lon qildi.
Ramziy terma jamoadan “So‘g‘diyona”ning to‘rt nafar futbolchisi o‘rin oldi. Shuningdek, “Andijon” va “Nasaf”dan ikki nafardan o‘yinchi top-11 dan joy olgan.
Coca-Cola Superliga 16-tur ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: Eldor Adhamov (“Andijon”);
Himoyachilar: Farhod Mirahmadov (“Andijon”), Iskandar Shoyqulov, Marko Kolakovich, Shahboz Jo‘rabekov (barchasi — “So‘g‘diyona”);
Yarim himoyachilar: Elguja Grigalashvili (OKMK), Islom Kenjaboyev (“Nasaf), Jasur Hasanov (“So‘g‘diyona”), Javohir Sidiqov (“Paxtakor”);
Hujumchilar: Bobur Abduxoliqov (“Nasaf”), Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)