“Barselona” hujumchisi Luis Suares noqonuniy yo‘llar bilan Italiya fuqaroligini olishga harakat qilgan, deya xabar bermoqda La Repubblica.
Futbolchi italyan tilidan imtihon topshirishi kerak edi. Manbada aytilishicha, urugvaylik futbolchi test mavzularini imtihon boshlanishidan oldin bilgan. Sinovdan muvaffaqiyatli o‘tish uchun Suaresga javoblar oldindan yuborilgan. Gumonlanuvchilar orasida Perujiya chet elliklar universiteti rektori Juliana Grego Bolli va universitet bosh direktori Simone Olivyeri borligi aytilmoqda.
Suares bu ishda bosh aybdor deb hisoblanmayapti. Ta’kidlanishicha, hozirda universitetda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Qayd etish joiz, “Barselona” hujumchisi “Yuventus”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi, biroq keyinroq turinliklar sport direktori klub urugvaylik futbolchi bilan shartnoma imzolamasligi haqida bayonot bilan chiqdi.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Suares tez orada “Atletiko” bilan shartnoma imzolaydi.
Izoh (0)