• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda mansabdorlarni tasvirga tushirish va undan foydalanish uchun rozilik talab qilinmaydi

    Yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksiga fuqaroning o‘z tasviriga bo‘lgan huquqi himoyasini ta’minlashga qaratilgan alohida modda kiritilmoqda. Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori A’zam Madaminov fuqaroni tasvirga tushirishga va undan foydalanishga rozilik olish masalasida tushuntirish berib o‘tdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tasvirga tushirishga va undan foydalanishga rozilik olish hamda istisnolar

    Fuqarolik kodeksi loyihasiga kiritilayotgan “Fuqaroning tasviriga bo‘lgan huquqini himoya qilish” deb nomlangan moddaga ko‘ra, fuqaroni tasvirga tushirish (uning foto va videotasvirini hamda uning tasviri aks etgan tasviriy san’at asarini yaratish), shuningdek, uning tasviridan foydalanish uchun ushbu fuqaroning roziligi; agar fuqaro voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, uning qonuniy vakillari roziligi; vafot etgan bo‘lsa, farzandlari, eri (xotini) yoki ota-onasining roziligi talab etiladi.

    Ya’ni umumiy qoida tariqasida har qanday fuqaroning foto yoki videotasviridan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi.

    Shu bilan birga, bu umumiy qoidadan istisno, ya’ni fuqaroni tasvirga tushirish va undan foydalanishga rozilik olishni talab qilmaydigan quyidagi holatlar mavjud:

    1) tasvirdan davlat yoki jamiyat manfaatlari uchun foydalanilganda rozilik talab etilmaydi. Bunday foydalanishga huquqbuzarlikka qarshi kurashish, davlat xavfsizligini ta’minlash, tasvirdagi shaxsning jinoyat sodir etganligi yoki bedarak yo‘qolganligi sababli qidiruv e’lon qilish, davlat va jamoat arboblari hamda ilm-fan, madaniyat va boshqa sohalar taniqli vakillarining tasviridan jamiyat uchun katta qiziqish uyg‘otadigan axborotni tarqatish maqsadlarida foydalanish, shuningdek davlat xizmatchilarini xizmat vazifalarini bajarish jarayonida tasvirga tushirish va bunday tasvirlardan foydalanish hollari kiradi.

    Ya’ni tasvirdan shaxsiy manfaatlarda emas, balki davlat va jamiyat manfaatlarida foydalanilganida, shu jumladan, davlat xizmatchisini xizmat vazifasini bajarish jarayonida tasvirga tushirilganda va bu tasvirlardan foydalanilganda rozilik olish talab qilinmaydi (bunday holatga bugungi kundagi qonunchilikdan ham misol keltirish mumkin. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabr 975-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, yo‘l harakati qatnashchilari YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va videoqurilmaga qayd qilish huquqiga ega).

    2) fuqaro ommaviy tadbirlarda (konsert, bayram sayillari va boshqalar) va jamoat joylarida (umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, ta’lim muassasalari, hayvonot bog‘i, istirohat bog‘lari, ko‘chalar va boshqa jamoat joylarida) tasvirlangan bo‘lib, bunday tasvirdan foydalanishdan maqsad faqat ushbu joylardagi umumiy jarayonlarni namoyish etish bo‘lgan hollarda rozilik talab etilmaydi.

    Ya’ni jamoat joylarida yoki ommaviy tadbirlarda fuqaroni shaxsni tasvirga olish va bu tasvirdan foydalanish uchun rozilik talab qilinmaydi. Faqat buning sharti tasvirga olish obyekti bevosita shu shaxs bo‘lmasligi kerak.

    3) shuningdek, fuqaroni tasvirga tushirish va (yoki) uning tasviridan foydalanishdan maqsad ushbu fuqaroning huquqlarini himoya qilish bo‘lganda, fuqaroning haq evaziga tushirilgan tasviridan ushbu tasvirni tushirishdan ko‘zlangan maqsadlarda foydalanilganda fuqaroning o‘zi hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan manbalarda e’lon qilgan tasvirdan foydalanilganda ham rozilik talab etilmaydi.

    Javobgarlik masalasi

    Fuqaroni tasvirga tushirish va tasviridan foydalanishda uning roziligini olish talabiga rioya qilinmaganda qanday javobgarlik kelib chiqishi masalasini ham to‘g‘ri talqin qilish muhim. Huquq buzilishi fuqarolik-huquqiy munosabatdan kelib chiqqani uchun bu holatda javobgarlik ham fuqarolik-huquqiy xarakterga ega bo‘ladi (ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik kelib chiqmaydi).

    Ya’ni o‘zining tasviridan roziligisiz foydalanishga duch kelgan fuqaro ikkinchi tarafdan o‘zining tasvirini (fotoapparat, kamera, mobil telefon va boshqa uskunalar xotirasidan) o‘chirib tashlashni, tasviri aks etgan narsalarni yo‘q qilish va muomaladan chiqarishni, shuningdek, ommaviy axborot vositalaridan, internet tarmog‘idan, tashqi reklama va reklama xususiyatiga ega bo‘lgan tarqatma materiallardan olib tashlashni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.

    Agar bu talablar bajarilmasa, fuqaro (vafot etgan bo‘lsa — uning farzandlari, eri (xotini) yoki ota-onasi, voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa — qonuniy vakillari) talablarni majburiy bajartirish, shuningdek, o‘ziga yetkazilgan moddiy zarar va ma’naviy ziyonni undirish uchun sudga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Bunda fuqaro o‘zi talab qilayotgan holatlarni, o‘ziga moddiy zarar va ma’naviy ziyon yetkazilganini isbotlashi lozim bo‘ladi.

    Xorijiy tajriba

    Shaxsni tasvirga tushirish uchun uning roziligini olish talabi rivojlangan mamlakatlarda ham mavjud. Masalan, Yevropa ittifoqining (EU) 2016/679-sonli reglamentida (2018-yil 25-mayda kuchga kirgan) shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash (to‘plash, yozib olish, foydalanish, tarqatish va boshqalar) shaxsiy ma’lumot subyekti o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini bir yoki bir nechta aniq maqsadlarda qayta ishlashga rozilik bergan taqdirdagina qonuniy hisoblanishi belgilab qo‘yilgan. Ushbu reglamentga ko‘ra, inson yuzining tasviri uning shaxsiy ma’lumotlari qatoriga kiradi.

    MDH mamlakatlaridan Rossiya Fuqarolik kodeksining 152-1-moddasida fuqaroning tasvirini tarqatish va undan foydalanish faqat shu fuqaroning, agar fuqaro vafot etgan bo‘lsa uning farzandlari, eri (xotini) yoki ota-onasining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

    Yon qo‘shnimiz bo‘lgan Qozog‘iston Fuqarolik kodeksining 145-moddasiga ko‘ra, hech kim boshqa shaxsning tasviridan uning roziligisiz (agar shaxs vafot etgan bo‘lsa uning merosxo‘rlari roziligisiz) foydalanishi mumkin emas. Fuqaroning tasvirini e’lon qilish, foydalanish va tarqatish shu fuqaroning, agar fuqaro vafot etgan bo‘lsa uning farzandlari va eri (xotini) roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunday rozilik qonunlarda belgilangan hollarda yoki shaxs haq evaziga tasvirga tushgan hollarda talab etilmaydi.

    Yakuniy fikr

    Fuqaroning tasvirini himoya qilish bugungi axborot kommunikatsiya rivojlangan davrda juda muhim. Chunki ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning tasvirlaridan foydalangan holda ularning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi, oilaviy va shaxsiy sirini oshkor etuvchi ma’lumotlar tarqatish hollari kam emas. Oqibatda jamiyatda fuqarolar o‘rtasida turli nizolar kelib chiqmoqda.

    Aslida, amaldagi Fuqarolik kodeksining 99-moddasida fuqaroning tasvirga bo‘lgan huquqi tortib olinmasligi, o‘zga usul bilan boshqa shaxsga berilmasligi hamda himoya qilinishi belgilab qo‘yilgan bo‘lib, tasvirga bo‘lgan huquq daxlsizligi chegaralari aniq belgilanmagan.

    Fuqarolik kodeksi loyihasiga tasvirga bo‘lgan huquqni himoyasini ta’minlashga qaratilgan alohida modda kiritishdan maqsad yuqorida ko‘rsatilgan huquqiy bo‘shliqni to‘ldirish hamda barcha fuqarolarning tasvirga bo‘lgan huquqlari himoyasini ta’minlash ekani ta’kidlangan.

    Mavzuga doir:

    • Fuqarolarga O‘zbekistonning istalgan joyida nikohni qayd etishga ruxsat berilishi mumkin
    • Vazirlar Mahkamasi aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi bo‘yicha yangi qaror loyihasini e’lon qildi
    • O‘zbekistonda avtomobilning sug‘urtasi yo‘qligi uchun jarima maydonchasiga joylashtirish amaliyoti bekor qilinishi mumkin

    18.09.2020, 12:47   Izoh (0)   37487
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Video: Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida noyob qor qoploni ko‘rinish berdi

    18.09.2020, 12:23

    Toshkentda Spark bilan to‘qnashgan Matiz yonib ketdi (video)

    18.09.2020, 12:11

    Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga yangi rektor tayinlandi

    18.09.2020, 11:34

    Prokuror “Chiroqchi voqeasi” aybdorlarini 10 yilga ozodlikdan mahrum qilishni, garov evaziga ochiqda qolgan uch nafar ayblanuvchini ham sud zalidan qamoqqa olishni...

    18.09.2020, 11:10

    Toshkent—Termiz xalqaro avtomobil yo‘liga sun’iy yoritish chiroqlari o‘rnatildi

    18.09.2020, 08:15

    Sirdaryoda birgalikda spirtli ichimlik ichgan norasmiy er-xotin o‘rtasidagi janjal ayolning o‘limi bilan tugadi

    18.09.2020, 07:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.