Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida navbatdagi ulkan bayroq o‘rnatildi. Bu haqda “Xalq so‘zi Online” xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyati Boyovut tumani markazida O‘zbekiston davlat bayrog‘i o‘rnatilgan. Bayroqning balandligi 40 metrni tashkil qiladi.
Bayroq o‘rnatilgan maydon obodonlashtirilib, bu yerda bir necha milliy me’moriy inshootlar — ayvonlar barpo etildi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Toshkent shahrida 65 metr, Toshkent viloyatining Toshkent tumanida 50 metr, Farg‘onada 67 metr, Andijonda 64 metr, Buxoroda 65 metr, Navoiyda 62,5 metr, Samarqandda 60 metr va Urgutda 62 metr balandlikdagi bayroqlar o‘rnatilgan edi.
Izoh (0)