Qirollik san’ati kollejining 53 yoshli bitiruvchisi, britaniyalik rassom Gevin Terk modern va avangard asarlari bilan mashhur bo‘lib, o‘zining installyatsiyalaridan biri – chiqindi solingan sellofan paketni kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sumka ichida hech qanday chiqindi yo‘q, aslida bu qora rangga bo‘yalgan bronza haykal. Uning narxi 65 254 dollarga baholangan.
Bu Gevin Terk yaratgan oddiy buyum ko‘rinishidagi haykallarning birinchi emas. Masalan, uning ijodida karton quti, bir martalik stakan, oziq-ovqat qadoqlari va hatto avtomobil g‘ildiragi shaklidagi haykalni ham ko‘rish mumkin. Odatda bunday buyumlarning narxi 25-38 ming dollarni tashkil etadi.
Bu safar Terk “Chiqindi idishi” nomli asarini namoyish etdi. U 2000-yildan buyon shu kabi chiqindi sumkasi haykaltaroshligi bilan shug‘ullanadi. Terkning so‘zlariga ko‘ra, bu sumka san’at mohiyatini anglashga da’vat etadi. Insonda nega chiqindi to‘la bir sumkani axlat qutisiga tashlaymiz-u, boshqasini muzeyda saqlaymiz, degan o‘yni paydo qiladi.
Izoh (0)