Janubiy Koreya kompaniyasi 15-sentabr kuni taqdim etiladigan to‘rtinchi avlod Hyundai Tucson krossoveriga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirmoqda. Bu safar Hyundai kompaniyasi Tucson final sinovlaridan o‘tayotgani tasvirlangan videorolik bilan bo‘lishdi.
Sinovlar vaqtida krossover qatnov yo‘llari yo‘q hududlarda harakatlangan, og‘ir tirkamalarni tortish va kichik kechuvlarni bosib o‘tish imkoniyatini namoyish qilgan. Final sinovlari vaqtida esa Tucson’ning Nyurburgring trassasida katta tezlikda, shuningdek, Alp tog‘larida harakatlangani tasvirlagnan. Videodan ko‘rish mumkinki, haydovchilar Autohold funskiyasi — balandlikdan pastga tushishdagi yordamchi va boshqa elektron tizimlar ishini ham tekshirgan.
Tucson ko‘rinishi rasmiy suratlar orqali oshkor etilgan bo‘lsada, rolikda u komuflyajda tasvirlangan.
Krossover tashqi ko‘rinishi u qadar katta o‘zgarishga uchramagan: krossover trapetsiyasimon elementlarga ega radiator panjarasiga ega bo‘lgan. Minimal jihozlangan salondan 10,25 dyuymli tachskrin multimediya tizimi va raqamli qurilmalar paneli o‘rin olgan.
Hyundai Tucson’ning ikkita variantini taqdim etadi: Yevropada katta g‘ildirak bazali sotuvga chiqsa, Osiyo va AQSh bozorlariga uzunligi kattaroq krossover taqdim etiladi. Modeldan 183 ot kuchiga ega 1,6 litrli “turboto‘rtlik” va modernizatsiyaga uchragan 2,0 litrli dizel motor o‘rin oladi.
Avvalroq internetda Hyundai Ioniq 5 seriyali elektrokrossoveri prototipining yangi suratlari paydo bo‘lgandi.
Mavzuga doir: Hyundai motorsiz “sovundon-mashina”ni namoyish etdi
Izoh (0)