• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 5-sentabr kuni 295 kishida koronavirus aniqlandi. Davolanish ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yangilandi

    O‘zbekistonda 4-sentabr soat 23:30 dan 5-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 295 ta holat qayd etildi. Ketma-ket uchinchi kun yangi kasallanish holatlari 300 taga yetmayapti. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 43370 nafarga yetdi.

    SSV hisobi bo‘yicha 343, “Daryo” hisobi bo‘yicha 355 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 343, “Daryo” hisobi bo‘yicha 355 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 295 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasidan aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 170 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 91 nafar;
    • Samarqand viloyatida — 13 nafar;
    • Andijon viloyatida — 7 nafar;
    • Namangan viloyatida — 7 nafar;
    • Qashqadaryo viloyatida — 3 nafar;
    • Farg‘ona viloyatida — 3 nafar;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 1 nafar.
    Kun davomida 7 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlanishi karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi.

    Toshkent shahrida 170 kishida koronavirus aniqlandi. Sentabrda poytaxtda kasallanganlar soni 816 nafarga ko‘paydi. Hozirda Toshkentda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 26368 nafarga yetdi. Bu borada Toshkent shahri Avstraliyadan o‘zib ketdi. Koronavirus pandemiyasi tufayli fuqarolarining boshqa xorij davlatlariga chiqishiga 3 oyga taqiq qo‘ygan Avstraliyada hozirda 26207 nafar bemor ro‘yxatga olingan.

    Toshkent viloyatida 91 kishida COVID-19 aniqlandi. Viloyatda 31-avgust va 1-sentabr kunlari ham 91 nafar yangi bemor ro‘yxatga olingandi. 5 kun ichida Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 497 nafarga ko‘paydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida epidemiya mavsumi boshidan buyon buncha kasallik aniqlanmagan.

    Samarqand viloyatida 13 kishida koronavirus aniqlandi. Sentabr oyida viloyatda kasallanganlar soni 40 nafarga ko‘paydi. Samarqandda COVID-19 qayd etilganlar soni 1758 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 4 foizi Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Andijon viloyatida 7 kishida COVID-19 qayd etildi. Uch kun ichida viloyatda 19 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 1229 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 2,8 foizi Andijon viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Namangan viloyatida 7 kishida koronavirus qayd etildi. Sentabr oyida viloyatda 23 kishida kasallik aniqlandi. Namanganda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 932 nafarga yetdi.

    Qashqadaryo viloyatida 3 kishida kasallik qayd etildi. Viloyatda oxirgi 18 kunning 15 tasida yangi bemorlar ro‘yxatga olindi. Qashqadaryoda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 978 nafarga yetdi. Bu eng kam kasallanish holati qayd etilgan Jizzax viloyatidagi barcha holatlardan roppa-rosa 6 barobar ko‘p deganidir. O‘lim holatlari esa Qashqadaryoda ikki barobar ko‘p — 12 ga 6.

    Farg‘ona viloyatida 3 kishida COVID-19 aniqlandi. Sentabrning besh kunida ham viloyatda yangi holatlar qayd etilib, kasallanganlar soni 18 kishiga ko‘paydi. Farg‘onadagi jami kasallanish holatlarining 5,2 foizi sentabrga to‘g‘ri keldi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 kishida koronavirus aniqlandi. Respublikada oxirgi 17 kun ichida 9 marta yangi kasallanish holatlari ro‘yxatga olingan bo‘lsa, bu kunlarning birontasida yangi bemorlar soni 4 nafardan oshmadi.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV Toshkent shahrida 3 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi. Shuningdek, Bosh prokuratura Toshkent viloyati prokuraturasi xodimi ham koronavirus asoratlaridan vafot etganini ma’lum qildi.

    Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 72 yoshli X.S. ismli erkak vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 73 yoshli L.Sh. ismli ayol vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Toshkent viloyati prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchisi Turg‘un Kamolov koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi. Bosh prokuratura matbuot xizmati Kamolov COVID-19 bilan og‘riganini “Daryo”ga tasdiqladi.

    Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

    Turg‘un Kamolov 1966-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, oilali, uch nafar farzandi bor. 1995-yildan buyon prokuratura organlarida xizmat qilib kelgan. 2020-yildan boshlab Toshkent viloyati prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

    Uning o‘limi koronavirus asoratlaridan yuz berganini SSV hozircha tasdiqlagani yo‘q.

    To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 64 yoshli A.K. ismli erkak vafot etgan.

    Beshinchi o‘lim. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashagan 54 yoshli F.U. ismli ayol vafot etgan.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 343 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 355 nafarni tashkil etmoqda.

    SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmaganlar”:

    • 9 va 15-iyul kunlari Olmaliq shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayol;
    • DXA Navoiy viloyati boshqarmasi xodimi Adhamjon Dehqonov;
    • Madaniyat vazirligi xodimi Akmal Irisov;
    • Chilonzor tumani SEOM bakteriologiya laboratoriyasi mudiri Marhabo Ahmedova;
    • Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i Hakimbay Xalimov;
    • Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi Xayriddin Shermuhamedov;
    • Samarqand viloyati Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov;
    • Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov;
    • Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri artisti Janabay Utepbergenov;
    • O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, “O‘zbekkino” milliy agentligi Badiiy kengashi a’zosi Anvar Ergashev;
    • Toshkent viloyati prokuraturasi katta tergovchisi Turg‘un Kamolov.
    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi. Qashqadaryoda yana bir tibbiyot xodimi, xususiy klinika bosh shifokori To‘raqul Xoliqov 65 yoshida vafot etdi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan xususiy klinika mas’ullarining ta’kidlashicha, To‘raqul Xoliqov so‘nggi bir oy davomida koronavirus kasalligidan davolanib kelgan.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2147 nafar bemordan 366 nafari og‘ir, 198 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Sentabr oyiga kelib ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni har kuni 500 nafardan ko‘p bo‘lmoqda: 1-sentabr kuni 509 kishi, 2-sentabr kuni 541 kishi, 3-sentabr kuni 532 kishi, 4-sentabr kuni 547 kishi va 5-sentabr kuni 564 kishi. Hozirda davolanishni davom ettirayotganlarning 26,2 foizining ahvoli og‘ir bo‘lib turibdi. Bu oxirgi 21 kun ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

    Kasallikdan davolanish

    5-sentabr kuni O‘zbekistonning 7 ta hududida 448 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Sentabrning uch kunida kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichi yangi kasallanish holatlaridan ortiq bo‘lgan bo‘lsa, qolgan ikki kunida past bo‘ldi.

    Yangi tuzalganlarning

    • 324 nafari Toshkent shahrida;
    • 95 nafari Toshkent viloyatida;
    • 10 nafari Qashqadaryo viloyatida;
    • 8 nafari Samarqand viloyatida;
    • 7 nafari Namangan viloyatida;
    • 3 nafari Andijon viloyatida;
    • 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
    Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 43 370 nafar bemordan 40 880 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda. Pandemiya davrida ilk marta davolanish ko‘rsatkichi 94 foizga yetib, bu boradagi rekord yangilandi. Bungacha bir haftadan buyon davolanish ko‘rsatkichi 93 foiz bo‘lib turgandi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 2147 nafar bemor COVID-19’dan davolanmoqda. Koronavirusdan davolanishni davom ettirayotgan bemorlar soni cho‘qqiga chiqqan — 29-iyul kuni bemorlar soni 9517 nafar edi. Bir oydan biroz ko‘proq vaqt ichida ularning soni qariyb 4,5 barobarga kamaydi. Ayni paytda davolanayotgan bemorlar soni 74 kun ichida minimum ko‘rsatkichga tushdi — 24-iyun kuni 2197 nafar bemor koronavirusdan davolanayotgandi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 1532 nafar. Navoiyda 6, Farg‘onada 7, Xorazmda 9, Jizzaxda 11, Qoraqalpog‘istonda 12, Surxondaryoda 21, Andijonda 30, Sirdaryoda 31, Buxoroda 32, Qashqadaryoda 35, Namanganda 36, Samarqandda 107 va Toshkent viloyatida 278 nafar bemor qoldi.

    05.09.2020, 23:56   Izoh (0)   134840
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tanzila Norboyeva: “Sardoba fojiasi sabablari, kerak bo‘lsa, sababchilari ham aniqlanadi”

    05.09.2020, 23:28

    O‘zbekistonda davlat ishtirokidagi ayrim korxonalarda monopoliyaga qarshi yangicha nazorat tizimi joriy etiladi

    05.09.2020, 23:13

    Toshkent viloyatida YPX xodimiga 2 million so‘m pora bermoqchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olindi

    05.09.2020, 22:57

    Bekobod tumaniga AQShdan har biri 750 ming dollar turadigan 8 ta paxta terish kombayni olib kelindi (video)

    05.09.2020, 22:11

    Farg‘onalik tadbirkor o‘z hisobidan qishloqdoshlariga poliklinika va MFY uchun yangi bino qurib berdi

    05.09.2020, 21:56

    Farg‘onada jarima maydonchasidan mototsikl olib qochgan fuqaro ushlandi. U 10 yilgacha qamalishi mumkin

    05.09.2020, 21:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Cho‘l-adirlarni o‘zlashtirishimizga shubha qilganlar shu bog‘ni kelib ko‘rsin” – prezident Shahrisabzdagi agroturizm majmuasini borib ko‘rdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 21:33

    Italiya AQSHga Eronga zarba berish uchun o‘z bazalarini taqdim etishi mumkin — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 21:30

    Kinotavsiya: Zerikarli kechani qiziqarli o‘tkazishga yordam beradigan qisqa turk seriallari

    Madaniyat | 19 iyun, 21:15

    Markaziy bank may oyida 13 ta bankka jarima sanksiyasi qo‘lladi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 21:05

    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

    Reklama | 19 iyun, 21:00

    Shimoliy Koreya Xitoy tomonga o‘nlab ballistik raketa uchirdi

    Dunyo | 19 iyun, 20:50

    Shavkat Mirziyoyev “Hisorak”da 1,5 mln dollarga qurilgan kichik GESni ko‘zdan kechirdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 20:35

    Nogironligi bo‘lganlar uchun transport moslashuvi xarajatlari davlat hisobidan qoplanadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 20:30

    “Ukraina tez orada yo‘q bo‘lib ketishi mumkin” — Ukraina parlamenti deputati

    Dunyo | 19 iyun, 20:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.