Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan 5-sentabr kungi o‘yinlar yakunlandi.
“Seul” jamoasi o‘z maydonida “Pusan Ay Park” bilan bahs yuritdi. Uchrashuvning 25-daqiqasida Doston Tursunov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Pusanliklar 85-daqiqaga kelib hisobni tenglashtirishga erishdi.
Mazkur o‘yinda Tursunov to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, seulliklar safida to‘p suruvchi Ikrom Aliboyev maydonda ko‘rinish bermadi.
“Seul” 21 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda, “Pusan” (20) 10-o‘rinni egallab turibdi.
“Sonnam” esa “Chonbuk Motors”ni taslim etdi. Yu In Su va Pak Te Junning gollari sonnamliklarga g‘alaba keltirdi. Ushbu uchrashuvda Jamshid Iskandarov zaxirada qoldi.
“Sonnam” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 21 taga yetkazib olgan holda 6-o‘ringa ko‘tarildi.
Key-Liga
19-tur bahslari
5-sentabr, shanba
“Seul” — “Pusan Ay Park” 1:1
Gollar: 1:0 – 25, avtogol Tursunov, 1:1 – 85 Kim Chon Hyon.“Sonnam” — “Chonbuk Motors” 2:0
Gollar: 1:0 – 30 Yu In Su, 2:0 – 52 Pak Te Jun.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)