Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi fuqaroning uyidan 127 000 AQSh dollarini bosqinchilik yo‘li bilan o‘margan shaxslar qo‘lga olindi, deya xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB.
Ma’lum qilinishicha, 27-avgust kuni taxminan soat 00:30 da Olmazor tumanida bir necha kishi yuzlarini niqob bilan berkitgan holda ochiq qolgan uyga kirgan. So‘ng o‘tkir buyum bilan qo‘rqitib, u yerdan 127 000 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan.
Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi (bosqinchilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat qidiruv xizmati xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar davomida gumonlanuvchilar – 38 yoshli muqaddam sudlangan Shuhrat N., 24 yoshli muqaddam sudlangan Ergash U., 31 yoshli Shonurmuhammad Sh. va 27 yoshli muqaddam sudlangan Sardor S. qo‘lga olingan. 22 yoshli muqaddam sudlangan Komiljon U.ni qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.
Tergov ishlari davom etmoqda.
Mavzuga doir:
- “Shaftoli o‘g‘irligi”da ayblanib, 7 yilga qamalgan samarqandlik talabaning onasi Prezidentga murojaat qildi. U o‘g‘li nohaq qamalganini aytmoqda
- Toshkentda o‘zganing mashinasidan 17 mln so‘m pulni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
- Buxoroda qariyb 4 mln so‘m pul va telefon o‘g‘irlagan navoiylik fuqaro qo‘lga olindi
- Samarqandda o‘zganing plastik kartasidan salkam 3 mln so‘m o‘g‘irlagan “uddaburon”ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Izoh (0)