• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda bojxona auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

    Vazirlar Mahkamasining “Bojxona auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qaror loyihasiga ko‘ra, bojxona auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.

    Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi:

    • 2021-yil 1-martgacha Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda bojxona auditini amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolaydi;
    • 2021-yil 1-sentabrgacha bojxona auditini amalga oshirishni yana-da takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
    • ushbu qarorning mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari orasida keng yoritilishi ta’minlaydi;
    • manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradi.
    Bojxona auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, bojxona auditining maqsadi:
    • tashqi savdoni rivojlantirish va tovarlarni tegishli bojxona rejimiga chiqarishni tezlashtirish;
    • bojxona to‘lovlarining to‘g‘ri hisoblanganligi va undirilganligini ta’minlash;
    • vakolatli shaxsning bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish;
    • xavfni boshqarish sohasidagi bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirish;
    • tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini rag‘batlantirish;
    • bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga oid huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishdan iborat.
    Bojxona auditi maqsadlaridan kelib chiqib, u quyidagi vazifalarni qamrab oladi:
    • tovarlarni muayyan bojxona rejimiga joylashtirishning qonuniyligini;
    • bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mosligini;
    • bojxona yuk deklaratsiyasida rasmiylashtirilgan tovarlarning O‘zbekiston TIF TN kodiga muvofiq to‘g‘ri tasniflanganligini;
    • ma’lum qilingan bojxona qiymatining haqqoniyligini;
    • bojxona to‘lovlarining to‘g‘ri hisoblanganligi va undirilganligini;
    • tovarlarga nisbatan preferensiyalarni to‘g‘ri qo‘llanilganligini va bojxona to‘lovlarining to‘liq to‘langanligini;
    • bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar to‘g‘ri qo‘llanilganligini hamda foydalanishi cheklangan tovarlarni ishlatilganligi yoki ulardan maqsadli foydalanganligini;
    • shartli chiqarib yuborilgan tovarlarni belgilangan tartibdagi cheklovlariga rioya etilishini;
    • vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kirish shartlariga rioya etilishini;
    • tovar va transport vositalari saqlanadigan joylarga chiqqan holda ular bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligini o‘rganish;
    • O‘zbekistonning bojxona sohasidagi qonun hujjatlarida belgilangan taqiq va cheklovlarga rioya qilinishini tekshirishdan iborat.
    Bojxona auditi vakolatli shaxslarini tanlash bojxona organlarining axborot dasturlari ma’lumotlari tahlili, bojxona organlarining tarkibiy tuzilmalari, boshqa tashkilot hamda idoralardan kelib tushgan axborot va ma’lumotlar, shuningdek, xavf ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

    Bojxona auditi uchun tanlangan mazkur vakolatli shaxslarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga ma’lumotlari monitoring qilish natijalariga ko‘ra qayta tanlab olinishi mumkin.

    Bojxona auditi quyidagi vakolatli shaxslarga nisbatan o‘tkaziladi:

    1) deklarant;

    2) tashuvchi;

    3) bojxona ombori bo‘lmagan joylarda tovarlarni bojxona nazoratida saqlayotgan shaxs;

    4) bojxona omborlari, boj olinmaydigan savdo do‘konlari va erkin ombor egalari;

    5) tovarlarga nisbatan ular chiqarib yuborilganidan keyin ularni qabul qiluvchi va (yoki) sotib oluvchilar;

    6) vakolatli iqtisodiy operator;

    7) tovarlar chiqarib yuborilgandan so‘ng tovarlar bo‘yicha tuzilgan tashqi iqtisodiy faoliyat shartnomasida bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan shaxslar;

    8) vakolatli shaxsning o‘rniga barcha moliyaviy va huquqiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan shaxslar.

    Bojxona auditini amalga oshirish jarayonida zarurat bo‘lganda maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega, manfaatdorligi bo‘lmagan mutaxassis jalb qilinishi mumkin.

    Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati hamda bojxona to‘lovlarini qo‘shimcha hisoblash tovarlarning bojxona nazorati ostida bo‘lishi tugagan paytdan e’tiboran uch yil davomida amalga oshirilishi mumkin.

    Vakolatli shaxsning aynan bir tovariga nisbatan takroriy bojxona auditi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Bojxona auditi maqsadlaridan kelib chiqib bojxona auditi kameral va sayyor shaklda o‘tkazilishi mumkin.

    Bojxona auditini o‘tkazish ko‘rsatilgan ketma-ketlikda amalga oshiriladi.

    Nizomda belgilangan tartibda o‘tkazilgan bojxona auditi natijasi bo‘yicha bojxona organlari tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi va qaror qabul qilinadi hamda BOJXONA AUDITI avtomatlashtirilgan axborot tizimida qayd etib boriladi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda xorijda ishlab chiqarilgan alohida tovar va xizmatlar vaqtincha davlat xaridlarida ishtirok etmaydi
    • O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi rossiyalik bloger Ilya Varlamovning videosi yuzasidan bayonot berdi
    • “Bu 10 yil avval sodir bo‘lgandi”. Rossiyalik bloger Ilya Varlamov chegara punktidagi voqea yuzasidan O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasiga javob qaytardi

    31.08.2020, 22:08   Izoh (0)   25197
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda mashina o‘rindig‘i ostiga qariyb 200 mln so‘mlik quyma oltin yashirgan shaxs qo‘lga olindi

    31.08.2020, 20:54

    Shavkat Mirziyoyev: “Juda ko‘p-ko‘p ishlarimiz to‘siqlarga, joylardagi noinsofgarchiliklarga duch kelmoqda” (video)

    31.08.2020, 20:37

    Andijonda xorijlik fuqaro mashinasini mast holda boshqargani uchun avtomobili jarima maydoniga joylashtirildi

    31.08.2020, 20:30

    Mustaqillik kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

    31.08.2020, 19:32

    O‘zbekistonda 1-sentabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

    31.08.2020, 19:10

    O‘zbekiston mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbir — suratlarda

    31.08.2020, 18:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina Shahed dronlarida Hindistonda ishlab chiqarilgan qismlarni topdi

    Dunyo | 6 avgust, 12:53

    Toshkentda uy-joy va yer narxlari pasaydi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 12:42

    Google endi Janubiy Koreya harbiy obyektlarini xaritada xiralashtirib ko‘rsatadi

    Dunyo | 6 avgust, 12:31

    Xitoy o‘zining yangi jangovar samolyotini sinovdan o‘tkazmoqda (foto)

    Dunyo | 6 avgust, 12:21

    Suvga tushganda o‘z-o‘zidan qutqaruv balloniga aylanuvchi sharcha ixtiro qilindi (foto)

    Layfstayl | 6 avgust, 12:20

    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

    Reklama | 6 avgust, 10:30

    “Hizbulloh” rahbari Isroilga raketalar yog‘dirish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 6 avgust, 12:10

    “Nyukasl” himoyachisini Seul aeroportida unutib qoldirdi

    Sport | 6 avgust, 12:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.