Moskvaning “Spartak” klubi bosh murabbiyi Domeniko Tedesko Rossiya Premyer Ligasi 6-turi doirasida “Arsenal”ga qarshi kechgan bahsda (2:1) debyut qilgan Oston O‘runov haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Oston bunday stadionda birinchi marta o‘ynayotgani uchun ilk daqiqalarda hayajonlandi. Boshida bir qancha vaziyatda to‘pni yo‘qotdi, keyin o‘z o‘yinini yaxshilab oldi.
U yosh o‘yinchi, bu yerning futboli va taktikasiga moslashishi kerak. Unga vaqt beramiz. O‘runivga hech kim bosim o‘tkazmaydi. Ishlaymiz. Umid qilamizki, hammasi yaxshi bo‘ladi”, — deydi Tedesko.
Ma’lumot uchun, 57-daqiqada Gus Till moskvaliklar yarim himoyachisi Zelimxan Bakayevning o‘rniga maydonga tushdi. Biroq niderlandiyalik futbolchi oradan yetti daqiqa o‘tib jarohat oldi va uning o‘rnini o‘zbekistonlik futbolchi egalladi. Bu Oston uchun “Spartak” safida RPLdagi debyut o‘yin bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)