UEFA texnik kuzatuvchilari talqiniga ko‘ra, Yevropa Chempionlar Ligasi 2019/20-yilgi mavsumining eng chiroyli o‘nta goli aniqlandi.
Unga ko‘ra, “Barselona” hujumchisi Lionel Messining chorak final javob o‘yinida “Napoli” darvozasiga kiritgan to‘pi musobaqa mavsumining eng chiroyli goli sifatida e’tirof etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UEFA muxlislar o‘rtasidagi so‘rovnoma o‘tkazgan va unda “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning “Lion”ga urgan goli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Mazkur gol quyidagi top-10 likdan o‘rin olmadi.
Gollar o‘nligi bilan tanishing:
10. Kilian Mbappe (“Bryugge” — PSJ, guruh bosqichi)9. Hakim Ziyosh (“Valensiya” — “Ayaks”, guruh bosqichi)8. Duglas Kosta (“Yuventus” — “Lokomotiv”, guruh bosqichi)7. Luis Suares (“Barselona” — “Inter”, guruh bosqichi)6. Marsel Zabitser (“Leypsig” — “Zenit”, guruh bosqichi)5. Serj Gnabri (“Tottenxem” — “Bavariya”, guruh bosqichi)4. Lautaro Martines (“Slaviya” — “Inter”, guruh bosqichi)3. Dani Olmo (“Dinamo” Zagreb — “Manchester Siti”, guruh bosqichi)2. Yozua Kimmix (“Barselona” — “Bavariya”, chorak final)1. Lionel Messi (“Barselona” — “Napoli”, 1/8 final)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)