Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qatarning “As-Sadd” klubi bosh murabbiyi Xavi ayni damda kimni dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi deb hisoblashini aytdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images
“Manchester Siti” futbolchisi Kevin de Bryuyne menga boshqa darajadagi o‘yinchi bo‘lib ko‘rinadi. U dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachi va nisbatan yoshroqdir.

Xavi, “As-Sadd” bosh murabbiyi

Ma’lumot uchun, de Bryuyne 2019/2020-yilgi mavsumda 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi va “Arsenal” sobiq hujumchisi Tyerri Anrining APLdagi rekordini takrorladi. Bundan tashqari, Kevin o‘tgan mavsumda o‘z nomiga 13 ta golni ham rasmiylashtirib qo‘ydi.

40 yoshli Xavi esa futbolchilik faoliyatining 17 yilini “Barselona”da o‘tkazgan. Shundan so‘ng to‘rt yil davomida “As-Sadd” sharafini himoya qildi va 2019-yilda jamoa bosh murabbiyi sifatida ish boshladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Xitoyda “Tom va Jerri”dan ilhomlangan 4 yashar bola 26-qavatdan sakradi
Sport
Norway Chess—2023. Nodirbek Abdusattorov blits yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 30-may kuni klassik yo‘nalish bahslari start oladi
Shou-biznes
Amerikalik xonanda va aktrisa Selena Gomesning Los-Anjelesdagi 2 mln dollarlik hashamatli uyiga sayohat (foto)