Rossiya maktablarida yangi o‘quv yilidan boshlab koronavirusdan profilaktika maqsadida yagona qo‘ng‘iroq va barcha sinflar uchun umumiy almashishlar bo‘lmaydi. Bu haqda Rossiya Ta’lim vazirligi ma’muriyati va nazorat departamenti direktori Tamara Romanovaga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Romanovaning so‘zlariga ko‘ra, barcha maktablarda turli sinflar uchun darslarning individual boshlanish va yakunlanish, shuningdek, maktab oshxonasida ovqatlanish vaqti belgilanadi.
“Binoga kirishdagi qo‘shimcha eshiklar ochiladi, har bir sinfga alohida xona biriktirishga harakat qilamiz, biroq har bir tumanning o‘ziga xosligi bor”, — deydi amaldor.
O‘z navbatida “Rospotrebnadzor”ning ma’lum qilishicha, yangi o‘quv yilida ota-onalarning maktab binosiga kirishi cheklanadi. Ota-onalar majlisi onlayn tartbida o‘tkaziladi.
Avvalroq Moskvadagi maktablarda yangi o‘quv yili odatdagidek 1-sentabrda boshlanishi, o‘quvchilarning niqob taqishi ixtiyoriy bo‘lishi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga doir: O‘zbekiston maktablarida pandemiya sharoitida o‘quv yilini boshlash bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlandi
Izoh (0)