Rossiya prezidenti Vladimir Putin huquqni muhofaza qilish organlaridan iborat zaxira tuzilgani, zarur holatda ular Belarusga yuborilishi mumkinligini ma’lum qildi. Meduza’ning xabar berishicha, bu haqda u “Rossiya” telekanaliga bergan intervyusida aytgan.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu Aleksandr Lukashenkoning iltimosiga binoan amalga oshirilgan.
Putinning ta’kidlashicha, hozircha Rossiya xavfsizlik xizmati xodimlarini Belarusga yuborishga ehtiyoj yo‘q. “Belarusdagi ekstremistik unsurlar chegaradan chiqib, bosqinchilikni boshlamaguncha Rossiya kuchlaridan foydalanilmaydi”, — deb qo‘shimcha qilgan u.
Shuningdek, Putinning so‘zlariga ko‘ra, Belarusda siyosiy inqiroz yuz bersa, Rossiya Yevropa va AQSh mamlakatlaridan farqli ravishda o‘zini bosiq va neytral tutadi.
Avvalroq Lukashenko Putin bilan Belarusdagi norozilik namoyishlari haqida suhbatlashgani xabar berilgan edi.
Mavzuga doir: Belarusda nima gap? 26-avgustning asosiy voqealari
Izoh (0)