• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Monopoliyaga qarshi qo‘mita bepul “stoyanka” o‘rnida qurilayotgan Tashkent Central Park loyihasiga imtiyoz berilishini maqsadga muvofiq emas deb topdi

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Tashkent Central Park loyihasiga imtiyoz va preferensiyalar berilishini maqsadga muvofiq emas deb topdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

    Tashkent Central Park majmuasi poytaxtning Shahrisabz va Istiqlol ko‘chalari va Amir Temur shoh ko‘chasi kesishmasida, sobiq yirik bepul avtoturargoh hududida qurilmoqda. Umumiy maydoni 2,5 gektar bo‘lgan maydon uchta 15 qavatli bino: mehmonxona, ikki qavatli yerosti avtoturargohga ega ikkita biznes markaz, shuningdek, yashil sayr maydonini o‘z ichiga oladi.

    Qiymati 400 million dollarga baholangan loyiha Turkiyaning Taşkent Merkez Park Gayrimenkul Yatirim Anonim Şirketi va O‘zbekistonning UzTur Investment and Development kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

    Normativ-xuquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali Prezidentning “Tashkent Central Park ko‘p tarmoqli majmuasi qurilishi bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasi qo‘mitaga taqdim etilgan.

    Qaror loyihasi bilan Taşkent Merkez Park Gayrimenkul Yatirim Anonim Şirketi kompaniyasi Turkiya Respublikasi va UzTur Investment and Development MChJ o‘rtasida 27-may kuni Tashkent Central Park loyihasini amalga oshirish bo‘yicha investitsiya shartnomasi imzolanganligi ko‘rsatilgan.

    Unda 2024-yil 1-yanvargacha investorlar, pudrat va subpudrat tashkilotlarini yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari barcha turdagi soliqlar va yig‘imlardan, xorijiy mutaxassislarining ish haqi fondi bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lovdan, “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida olib kiriladigan va rasmiylashtiriladigan qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, vaqtinchalik bino va inshootlar, transport vositalari davriy bojxona to‘lovlaridan, qo‘shilgan qiymat solig‘idan – O‘zbekiston norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (ko‘rsatiladigan xizmatlar) bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan foyda solig‘idan ozod etish taklif etilgan.

    Hujjatda, shuningdek, 2022-yil 1-yanvarga qadar texnologik hujjatlar, materiallar, xomashyo, uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, shuningdek, metall prokatini olib kirishda bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari), 2022-yil 1-yanvardan 2024-yilga qadar esa o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar asosida yuqorida qayd etilgan tovarlar olib kirilganda bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar va qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari) ozod qilish ko‘zda tutilgan.

    Bundan tashqari, investorlar, pudratchilar va subpudratchilarga investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida olib kiriladigan tovarlarni o‘zining saqlash uchun omborxonalariga joylashtirishga ruxsat berish taklif etilgan.

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qayd etilishicha, “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 12-moddasiga muvofiq davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ularni tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan afzal holatga qo‘yadigan imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni asossiz ravishda berishi ta’qiqlanishi ko‘rsatilgan.

    Bundan tashqari, Prezidentning 2017-yil 8-sentabrdagi farmonida xususiy sektor samarali faoliyat ko‘rsatayotgan sohalarda davlat ishtirokidagi tijorat tashkilotlarini tuzishga cheklov choralarini belgilash va amaldagi korxonalarni qayta tashkil etish, shuningdek, sog‘lom raqobat muhitining rivojlanishini cheklayotgan alohida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga eksklyuziv huquqlar, individual imtiyozlar hamda preferensiyalar berish amaliyotidan voz kechish ko‘rsatilgan.

    Prezidentning 31-maydagi “Imtiyozlar va preferensiyalar berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar qonunlar va Prezident hujjatlari bilan umuman tarmoqlar, faoliyat sohalari, hududlar uchun berilishi, vaqtinchalik imtiyozlar Prezident hujjatlari bilan 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga berilishi, individual imtiyozlar, alohida hollarda, xususiy sektor investitsiya kiritishdan manfaatdor bo‘lmagan tarmoqlarda ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun, aniq ijtimoiy yoki iqtisodiy asoslar mavjud bo‘lganda yoxud O‘zbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq, Prezident hujjatlari bilan berilishi ko‘rsatilgan.

    Loyiha yuqoridagi qonunchilik hujjatlariga zid ekanligini inobatga olib Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, uning qabul qilinishi maqsadga muvofiq emas deb hisoblamoqda.

    Tashkent Central Park qurilishi haqida 2018-yilning dekabr oyida ma’lum bo‘lgandi. Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, 2019−2020-yillarga mo‘ljallangan loyihada besh yulduzli mehmonxona, savdo-ko‘ngilochar markaz, tijorat banki uchun ma’muriy binolar va boshqa inshootlar qurish ko‘zda tutilgan.

    Investorlar va pudrat tashkilotlari 2022-yil 1-yanvarga qadar yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod etib bo‘lingan.

    25.08.2020, 13:09   Izoh (0)   20871
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida yuz bergan mojaro yuzasidan 6 nafar so‘xlik qamoqqa olindi

    25.08.2020, 12:23

    Yunusobodning bir qismi ichimlik suvi ta’minotidan vaqtincha uzildi

    25.08.2020, 12:10

    O‘zbekiston maktablarida o‘quv yilini 14-sentabrdan boshlash taklifi kiritildi

    25.08.2020, 11:55

    Toshkent tumanida 99 mln so‘mlik dorilar ustiga 30 mln so‘m qo‘yib sotgan shaxslar ushlandi

    25.08.2020, 11:09

    Jizzaxda tibbiyot xodimi kaltaklandi

    25.08.2020, 10:56

    “O‘g‘limning dorilari tugul, hatto yaxshi ko‘rgan yeguliklarini ham olib berishga imkonimiz yo‘q”. Bir buyragidan ajralgan Fazliddin yaxshi insonlar yordamiga muht...

    25.08.2020, 10:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.