Markaziy bank 25-avgustdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 16,16 so‘mga ko‘tarilib, 10 262,87 so‘mni tashkil qildi. Yevro 28,07 so‘mga tushib 12 105,06 so‘m bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 28-iyul kuni dollar kursi 6 haftalik o‘sishdan so‘ng birinchi bor pasaygandi, 4-avgustdan boshlab esa qatorasiga to‘rtinchi hafta ko‘tarilishda davom etmoqda.
Izoh (0)