Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov davolanishni tamomlab, ishga qaytdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Shifokorlar sa’y-harakati bilan salomatligi tiklangan vazir odatdagidek o‘z ish faoliyatini davom ettirmoqda”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, sog‘liqni saqlash vaziri 29-iyul kuni rejali davolanish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yotqizilgan edi. O‘sha vaqtda Alisher Shodmonovning koronavirusga chalinmagani, ishga 3−4 haftada qaytishi ma’lum qilingan edi.
Alisher Shodmonov davolanish vaqtida uning vazifasini O‘zbekiston bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev bajarib turdi.
Izoh (0)