Rossiya Raqamli rivojlanish, telekommunikatsiyalar va ommaviy aloqa vazirligi xorij fuqarolarining yagona ma’lumotlar bazasiga aylanishi kutilayotgan migrantlarni ro‘yxatga olish va ularni ogohlantirishga mo‘ljallangan platformani yaratmoqda. Bu haqda vazirlik buyrug‘i loyihasiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.
Taxminlarga ko‘ra, idora xorijliklarga elektron ko‘rinishda davlat xizmatlarini ko‘rsatish borasida ma’lumotlar almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Migrantlar mobil ilovadagi shaxsiy kabinetlari orqali xorijdan turib ham tizimdan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Hujjatda qayd etilishicha, tizimni ishga tushirish uchun idoralararo ishchi guruh tashkil etiladi. Bu borada bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk iyul oxirida tegishli topshiriq bergan.
Bunga qadar platformani yaratish bilan IIV shug‘ullangan, biroq endilikda u Raqamli rivojlanish, telekommunikatsiyalar va ommaviy aloqa vazirligiga topshirilgan. Sohaga aloqador federal amaldorlardan birining so‘zlariga ko‘ra, bu kabi qaror tizim davlat xizmatlari portali bilan integratsiyalashishi lozim bo‘lib, uning ishiga “Rostelekom” javob beradi.
Softline’ning milliy loyihalar bo‘yicha bosh direktori o‘rinbosari Andrey Sholoxovning ta’kidlashicha, ilova migrantlarning mamlakat bo‘ylab harakatini kuzatish imkonini ham beradi.
Izoh (0)