“Marsel” yarim himoyachisi Dmitri Payetda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda RMK Sport nashri xabar bermoqda.
Qayd etish joiz, bu fransuz klubidagi koronavirus bilan bog‘liq beshinchi holat. Bungacha “Marsel”da COVID-19 infeksiyasining to‘rtta holati aniqlangandi.
Fransiya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan “Marsel” – “Sent-Etyenn” uchrashuvi Marsel klubi futbolchilarida koronavirus aniqlangani tufayli qoldirildi. Uchrashuv 21-avgust, juma kuniga belgilangan edi. Hozirda uchrashuvning 16 yoki 17-sentabrga qoldirilgani ta’kidlanmoqda.
“Marsel” o‘tgan mavsumda Fransiya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallab, Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. “Sent-Etyenn” esa mavsumni 17-o‘rinda yakunladi.
Ma’lumot uchun, Dmitri Payet 2017-yildan beri “Marsel” sharafini himoya qilib keladi. Liga 1 ning 2019/20-yilgi mavsumida u 22 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)