O‘zbekiston 2020-yilning yanvar—iyul oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2019-yilning shu davriga nisbatan ko‘paydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2019-yilning shu davrida 595,1 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020-yilda esa 610,6 ming tonna ishlab chiqarilgan.
Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida pasayish kuzatilgani ta’kidlangan. 2019-yilda 626,4 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020-yilda bu ko‘rsatkich 580,4 ming tonnaga teng bo‘lgan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston 2020-yil yanvar—iyul oylarida neft qazib olishni 2019-yilning shu davriga nisbatan (407,7 ming tonna) 422 ming tonnagacha oshirgan.
Mamlakatda 2020-yil yanvar—iyul oylarida tabiiy gaz qazib olish 28,9 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2019-yilning shu davriga nisbatan kam (35,2 milliard kub metr).
O‘zbekiston 2020-yil yanvar—iyul oylarida 835,6 ming tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2019-yilning shu davriga nisbatan kam (1,22 million tonna).
Mavzuga doir:
- O‘zbekistonda 1-sentabrdan boshlab hojatxonasiz AYoQShlarga neft mahsulotlari va gaz yetkazib berish to‘xtatilishi mumkin
- O‘zbekistonda xizmat mashinalari davlat xizmatchilariga shaxsan biriktirilishi mumkin
- Toshkentda eski Isuzu’larni gazda harakatlanadigan Xitoy avtobuslariga almashtirish boshlandi
Izoh (0)