• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston aholisining deyarli yarmi ijtimoiy himoya bilan ta’minlanmagani ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston umumiy aholisining deyarli yarmi va kam ta’minlangan oilalarning uchdan bir qismi ijtimoiy himoya dasturlari bilan ta’minlanmagan͘. Bu haqda Xalqaro mehnat tashkiloti, YuNISEF va Jahon bankining O‘zbekistondagi ijtimoiy himoya tizimini baholash bo‘yicha qo‘shma hisobotida qayd etildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hisobot jamoatchilik, ayniqsa, kam ta’minlangan oilalar, ijtimoiy nafaqa oluvchi kishilar, nogironligi bor shaxslar va keksalar, yoshlar, norasmiy ishlovchilar hamda ishsizlar fikrini aniqlash maqsadida e’lon qilingan.

    Unda aytilishicha, O‘zbekiston Sovet Ittifoqidan bandlikni ta’minlash, bolalar parvarishini qo‘llab-quvvatlash va qarilikda kafolatli daromadni ta’minlash tamoyillariga asoslangan keng qamrovli ijtimoiy himoya tizimini meros qilib olgan bo‘lsa-da, hozirgi kunga kelib, mamlakatda ijtimoiy himoyaning rasmiy ta’rifi qabul qilinmagan. Shuningdek, ijtimoiy himoya dasturlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va boshqarish bo‘yicha ixtisoslashgan muassasa mavjud emas.

    “Ijtimoiy himoya funksiyalari turli vazirliklar va muassasalarga taqsimlangan va ushbu vazirliklar va muassasalarning hech biri butun tizimni to‘laqonli qamrab olmaydi va shuning uchun ijtimoiy himoya bo‘yicha turli dasturlarni o‘zaro muvofiqlashtirishga javobgar emas.

    Misol uchun, Moliya vazirligi Pensiya jamg‘armasi pensiya taqsimoti uchun javobgar va ijtimoiy yordam dasturlari xarajatlarini nazorat qiladi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bandlik va mehnat bozorining faollashtirish dasturlari uchun javobgar bo‘lib, ijtimoiy himoya sohasida umumiy siyosatni belgilash vakolatiga ega. Sog‘liqni saqlash vazirligi sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq dasturlarni amalga oshiradi, keksalar va nogironlarga xizmat ko‘rsatadi. Xalq ta’limi vazirligi esa kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini turli buyumlar bilan ta’minlash maqsadida bir necha kichik dasturlarni amalga oshiradi.

    Bunday holat jiddiy tashvish tug‘dirishi tabiiy, chunki xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki alohida bir dasturni kuchaytirish butun tizim yoki ijtimoiy yordam oluvchilar nuqtayi nazaridan optimal bo‘lmasligi mumkin va bunda butun tizimni kompleks isloh etish talab etiladi”, — deyiladi hisobotda.

    Unda, shuningdek, O‘zbekiston ijtimoiy himoya tizimi bilan bog‘liq quyidagi muammolar sanab o‘tilgan:

    • O‘zbekistonda ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy yordam va mehnat bozorini faollashtirish dasturlaridan iborat bo‘lgan, nisbatan aniq shakllantirilgan va keng qamrovli ijtimoiy himoya tizimi mavjud, ammo umumiy aholining deyarli yarmi va kam ta’minlangan oilalarning uchdan bir qismi ijtimoiy himoya dasturlari bilan ta’minlanmagan͘.
    • 2018-yilda O‘zbekistonda ijtimoiy himoya xarajatlari yalpi ichki mahsulotning 6 foizini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich Yevropa hamda MDH mamlakatlaridagi ijtimoiy himoya sarmoyalarining o‘rtacha darajasidan ancha past.
    • Aholining ko‘p qismi haligacha ijtimoiy ta’minotga erisha olgani yo‘q: band aholining qariyb 60 foizi norasmiy sektorda bo‘lib, badal to‘lashni nazarda tutuvchi ijtimoiy sug‘urta dasturlarida qatnashmaydi.
    • Ijtimoiy yordam dasturlari yetarlicha qamrovga ega emas. Masalan, ilgari bolalar nafaqalari barcha bolali oilalarga qaratilgan bo‘lsa, bugungi kunda ular faqat kam ta’minlangan oilalarga yo‘naltiriladi.
    • Kam ta’minlangan oilalarning aksariyati nafaqalarni tayinlashning juda qat’iy talablariga javob bersalar ham, ko‘p holatlarda nafaqalarni turli sabablarga ko‘ra olish imkoniyatiga ega emas.
    • Hozirgi kunda mehnat bozorini faollashtirish dasturlarining aholini qamrash darajasi cheklangan bo‘lib, ular asosan jamoatchilik ishlari, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish va o‘qitish dasturlaridan iborat. So‘nggi paytda bandlikni qo‘llab-quvvatlovchi faol va passiv dasturlar uchun davlat xarajatlari oshgan bo‘lsa-da, qamrov sezilarli darajada pastligicha qolmoqda.
    Fuqarolar hisobot natijalari bilan tanishib, quyidagi havola orqali o‘z fikr-mulohazalarini qoldirishi mumkin. Fikr va takliflar tahlil qilinib, tegishli vazirlik, idoralar, xalqaro tashkilotlarga taqdim etilishi ma’lum qilingan.

    Avvalroq YuNISEFning “O‘zbekistonda bolalar va yoshlar manfaatlariga mos ijtimoiy himoya tizimini qurish” mavzusidagi hisoboti e’lon qilingandi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va davlat yordamini olishda 1-yanvardan boshlab talab qilinmaydigan hujjatlar ro‘yxati e’lon qilindi
    • Shavkat Mirziyoyev ehtiyojmand aholi bilan ishlashda yangi, shaffof va adolatli tizim yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi
    • Prezident qarori bilan aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartiblarining avtomatlashtirilishi belgilandi

    13.08.2020, 17:46   Izoh (0)   35864
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 33 mingdan oshdi

    13.08.2020, 17:22

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi dori vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi

    13.08.2020, 17:08

    Yuqori Chirchiqda o‘z akasini do‘pposlab, pichoqlagan shaxs qo‘lga olindi

    13.08.2020, 16:44

    O‘zbekistonda kredit-modul tizimiga o‘tilsa qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

    13.08.2020, 16:20

    Jizzax va Sirdaryodagi suv resurslari va yerlarning meliorativ holati yaxshilanadi — Prezident qarori

    13.08.2020, 15:57

    Sergelida ota bir necha kun uyga kelmagan 27 yoshli o‘g‘lini yarim tunda ko‘chada kaltakladi

    13.08.2020, 15:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.