Shavkat Mirziyoyev tomonidan 8-oktabr kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
Shuningdek, 2030-yilga qadar respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasasi (OTM)ning 85 foizi, jumladan, 2020/2021-o‘quv yilining o‘zida 33 ta oliy ta’lim dargohini kredit-modul tizimiga o‘tkazish ko‘rsatib o‘tilgandi.
“Xalq so‘zi
Uning o‘zi nima?
Kredit-modul tizimi, bu — ta’limni tashkil etish jarayoni bo‘lib, o‘qitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi asosida baholash
Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar e’tirof etiladi:
- o‘quv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;
- bitta fan, kurs (kredit)ning qiymatini aniqlash;
- talabalar bilimini reyting ball asosida baholash;
- talabalarga o‘zlarining o‘quv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;
- ta’lim jarayonida mustaqil ta’lim olishning ulushini oshirish;
- ta’lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo‘yilgan talabdan kelib chiqib o‘zgartirish mumkinligi.
Keling, shu o‘rinda modul va kredit tushunchalari mohiyatiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Modul — bu, bir nechta fan hamda kurslar o‘rganiladigan o‘quv rejasining bir qismi. U talabalarda ma’lum bir bilim va ko‘nikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega bo‘lishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi o‘quv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda audio ma’ruzalar o‘qiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil o‘rganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi.
Xorijiy tajribaga ko‘ra, kredit-modul tizimida o‘quv jarayoni har semestrda 2—4 tagacha moduldan iborat bo‘ladi. Modulda jamlangan fanlar osondan murakkablik sari, nazariy-uslubiy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-birini o‘zaro uzviy to‘ldirish
Modulga asoslangan o‘quv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi va quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
- o‘quv maqsadi hamda vazifalarning to‘liq ochib berilishi;
- talabaning fanni (kursni) boshlashi va tugatishidan keyingi orttirishi lozim bo‘ladigan malakasiga qo‘yiladigan talablar;
- modul tarkibiga kirgan har bir fanning qisqacha mazmuni (sillabus), ya’ni ma’ruzalar mavzulari, seminar va amaliy mashg‘ulotlarning rejasi, mustaqil ta’limni baholash uchun mo‘ljallangan topshiriqlar;
- o‘qitishning qisqacha bayoni: ta’lim berish usul hamda vositalari; bilimlarni baholashning usul va shakllaridan iborat.
Kredit (
Har bir talaba kelajakda tanlagan yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha diplomga ega bo‘lishi uchun kreditlarni yig‘ib borishi lozim. To‘plangan kredit talabaga butun umr davomida o‘zining malakasini oshirib borish yoki qo‘shimcha oliy ma’lumot olishiga xizmat qilib boraveradi. Iqtisodiy tilda aytganda, to‘plangan kredit talabaning akademik “aktivi”ga aylanib boradi.
Kredit texnologiyasi ta’lim oluvchilarga ishchi o‘quv rejaga kiritilgan tanlov fanlarini tanlash, bu orqali individual o‘quv rejasini shakllantirishda bevosita ishtirok etish huquqini beradi. Ularga, nafaqat fanlarni, balki professor-o‘qituvchilarni ham tanlash erkinligi beriladi. Talabalarga fanlarni tanlash imkoniyatining berilishi ijobiy hol sanaladi. Bu o‘quv jarayonlarini baholashning o‘ziga xos qiymat ko‘rsatkichi bo‘lib ham hisoblanadi.
Tarix va sabab
Kredit ilk marotaba XVIII va XIX asrlarda AqSh universitetlarida joriy etilgan bo‘lib, o‘quv jarayonlarini liberalizatsiya qilish, talabaning haftalik akademik yuklamasini belgilab berish maqsadida yaratilgan.
1869-yilda Garvard universiteti prezidenti, Amerika ta’limining taniqli arbobi
Kredit to‘plash o‘lchovining kiritilishi talabaga katta erkinlik berish bilan bir qatorda, kelajakda tanlagan sohasining raqobatbardosh mutaxassisi bo‘lib yetishishi uchun akademik jarayonni mustaqil rejalashtirish imkonini ham taqdim etdi. Ayni chog‘da, baholash tizimi va ta’lim texnologiyalarining takomillashishiga ham olib keldi.
birinchisi, talabalar va o‘qituvchilarning mobilligini, ya’ni bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa OTMga to‘siqlarsiz, erkin ravishda o‘tishini (o‘qishni yoki ishni ko‘chirish)ni ta’minlaydi;
ikkinchisi, talabaning tanlagan ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha barcha o‘quv va ilmiy faoliyati uchun akademik yuklama — kredit aniq hisoblab boriladi. Kredit yig‘indisi talabaning tanlagan dasturi bo‘yicha nimani qancha o‘zlashtirganligini namoyon etadi.
Bugungi kunda ta’lim tizimiga daxldor bo‘lgan kishilar tomonidan
Xo‘sh, bu qanday tizim? Uning qanday afzalligi va salbiy jihatlari mavjud?
Ushbu tizimni yaratish uchun o‘tgan asrning 70-yillaridan Yevropadagi barcha oliy ta’lim muassasalarining integratsiyasini ta’minlash, oliy ta’limning yagona standartini yaratish, talabalar va o‘qituvchilar mobilligini yo‘lga qo‘yish, diplomlarni tan olish, talabalar bilimi, malakasi hamda ko‘nikmasiga qo‘yiladigan ballarni unifikatsiya qilish bilan bog‘liq bir qator muammolarni yechishga qaratilgan sa’y-harakatlar boshlab yuboriladi.
Mazkur harakatlarning samarasi o‘laroq, 1999-yilda Italiyaning
Bugungi kunga kelib,
Ko‘pgina ekspertlar
Vazirlik nega Yevropa maktabiga ustuvorlik bermoqda?
Bugungi kunda mazkur kredit o‘lchovi tizimini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha to‘rtta
Bular AQShning kredit tizimi (USCS); Yevropa mamlakatlarining kredit tizimi (ECTS); Osiyo — Tinch okeani mamlakatlarining kredit tizimi (UCTS); Buyuk Britaniyaning kredit tizimi (CATS).
Ushbu
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimiz Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kredit tizimini joriy etishda Yevropaning ECTS tizimidan foydalanishga ustuvorlik qaratyapti. Shu bois uning afzal jihatlari, qulayliklari, yutuq va kamchiliklari haqida ham to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
ECTS tizimi Yevropa va umuman, Bolonya jarayoni ishtirokchi-mamlakatlari talabalariga katta afzalliklarni taqdim etadi.
Masalan, talaba ta’lim olayotgan universitetida egallagan akademik bilimlarini shu tizimga a’zo mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarida tan olinishini, ya’ni o‘ziga xos “konvertatsiyasi”ni kafolatlaydi. Shu bilan birga, mazkur tizim a’zolariga talabalarni boshqa OTMga o‘qishini tiklash, ko‘chirish va tugatish imkoniyatini beradi.
ECTS tizimi universitetlarga ham bir qator qulayliklarni taqdim etadi. Chunonchi, ma’lum bir ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar kesimida o‘quv jarayoni haqidagi axborotlarni aniq aks ettiruvchi o‘quv rejalarning o‘xshashligi hamda yagonaligini ta’minlaydi. Shuningdek, mutaxassislik darajasining tan olinishiga erishish maqsadida talabani qabul qiluvchi va jo‘natuvchi oliy o‘quv yurtlaridagi dasturlarning mazmunini oldindan kelishib olish imkonini beradi. Talabaning ta’lim olishi bilan bog‘liq barcha masalani hal etishdagi javobgarligi hamda mustaqilligi saqlanadi. Yevropa ta’lim tizimida o‘quv kurslari va barcha ta’lim jarayoni kreditlarda, O‘zbekiston hamda MDHning boshqa mamlakatlarida esa akademik soatlarda hisoblanib kelinadi.
ECTS tizimi bo‘yicha har bir oliy ta’lim muassasasi kredit tarkibini, har bir modul bo‘yicha kreditlar sonini, qolaversa, har bir kurs va umuman, o‘qish davrini tamomlash uchun talaba tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlarning umumiy miqdorini mustaqil belgilaydi.
Amaldagi o‘qitish tartibidan farqli o‘laroq, kredit tizimida majburiy fanlardan tashqari tanlov fanlari ham talabaning individual dars jadvaliga kiritiladi. Talabalar o‘qishdan haydalmaydi yoki kursdan-kursga qoldirilmaydi. qaysi fan (kurs)dan belgilangan kreditlarni to‘play olmasa, faqat o‘sha fanning o‘zidan qayta imtihon topshiradi, xolos. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom esa belgilangan kreditlar to‘plagandan so‘ng beriladi.
ECTS tizimi bo‘yicha talabalarning bir yilda to‘plashi lozim bo‘lgan kredit miqdori 60 ni tashkil etadi. Bir o‘quv yili ikki semestrdan iborat bo‘ladi deb olsak, talaba har semestrda 30 kredit to‘plab borishi lozim. Bakalavriat dasturi 3-4 yillik bo‘lsa, talaba bakalavr darajasini qo‘lga kiritishi uchun jami 180—240 kredit, 1-2 yillik magistratura dasturini tugallashi uchun esa, 60—120 kredit to‘plashi majburiyat hisoblanadi.
O‘zbekistonda ahvol qay ko‘rinishda edi?
Ma’lumki, bizda axborot manbai va turli xildagi xalqaro ma’lumotlar bazalariga kirish, ulardan foydalanish ma’lum darajada cheklanib qolgandi. Oqibatda oliy ta’limda professor-o‘qituvchilarning asosiy diqqati axborotni qidirib topish, uni o‘zlashtirish hamda dastlabki qayta ishlagandan so‘ng talabalarga tarqatishga qaratildi. Ya’ni o‘qituvchilar shunchaki axborotni qabul qiluvchi va uzatuvchi
Bunda talaba o‘quv jarayonining
Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar o‘quv rejalari esa mehnat bozori talabi bilan bog‘lanmagan fanlar bilan to‘ldirilar, asosan, professor-o‘qituvchini ish bilan ta’minlash, unga auditoriya soatini chiqarib berish
Talabaga fanlarni hamda professor-o‘qituvchilarni tanlash u yoqda tursin, zerikarli bo‘lgan mashg‘ulotlardan voz kechib, kutubxonada o‘qib-o‘rganishiga ham imkon berilmas edi. Talabaning dars mashg‘ulotlarini qoldirishiga jiddiy talafot sifatida qaralib, bir semestrda 30 soatdan oshsa ogohlantirish, 74 soatdan oshsa, talabalik safidan chiqarishgacha borilardi. Talabaga ushbu fan va o‘qituvchi yoqadimi-yoqmaydimi, berilayotgan bilimlar almisoqdan qolib ketganmi-ketmaganmi, auditoriyada o‘tirishi shart edi!
Xullas, an’anaviy tizimda talaba kelajakda qanday bilimlarni egallashi, qanaqangi professor-o‘qituvchilar dars berishi, yo‘nalish profili, fanlarning qisqacha mazmuni bo‘yicha hech qanday materiallar taqdim etilmasdi.
Vaholanki, rivojlangan xorijiy davlatlarning barcha OTMda ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar to‘g‘risidagi hamma ma’lumotlar, xususan, o‘quv rejasida aks etgan fanlarning qisqacha sillabusi (fanning identifikatsiyasi, professor-o‘qituvchi haqida ma’lumot, dars tavsifi, fanning maqsadi, o‘rganish natijalari, o‘qitish metodikasi, fanning rejalari, adabiyotlar, baholash metodikasi), fanlar kesimida dars mashg‘ulotlarini olib boradigan professor-o‘qituvchilar hamda ularning erishgan yutuqlari, mehnat bozorida mutaxassisga qo‘yilgan qisqacha talablar, ya’ni qanday nazariy, amaliy bilim, ko‘nikma va kasbiy malakaga ega bo‘lishi bilan bog‘liq ma’lumotlar universitetlarning rasmiy veb-saytida ochiq-oydin e’lon qilingan bo‘ladi. Ayni paytda, ming afsuski, abituriyentlar universitetlarimiz saytlarida ushbu ma’lumotlarni topishga qiynalishadi. Bu bo‘yicha ham madaniyatni shakllantirish vaqti esa allaqachon kelgan.
ECTS talablari: dastlabki qadamlar
Yuqorida ta’kidlanganidek, an’anaviy o‘qitish tizimining salbiy jihatlaridan voz kechish va xalqaro standartlar talablari doirasida ishlarni tashkil etish bo‘yicha dastlabki qadamlar qo‘yilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizning 33 ta oliy ta’lim muassasasida kredit-modul tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Barcha kuchlar ushbu tizimni yaratishga safarbar etilyapti.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan muntazam ravishda xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqot ishi va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan, aynan kredit-modul tizimini yaqindan biladigan vatandoshlar tomonidan seminarlar tashkil etilib kelinayotgani bunga bir misoldir. qolaversa, o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tgan 10 ta oliy ta’lim dargohiga “El-yurt umidi” jamg‘armasi huzuridagi Xalqaro ekspertlar kengashi a’zolaridan bir nafardan ekspert maslahatchi sifatida biriktirib qo‘yilgan.
Mazkur jarayonlarni to‘laqonli amalga oshirish uchun oliy ta’lim muassasasida tegishli bo‘linmalar ham tashkil etilyapti.
Xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi faoliyat yuritmoqda. Ushbu bo‘lim tomonidan 2020/2021-o‘quv yilidan universitetda o‘qitiladigan barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning ECTS kredit-modul tizimiga to‘liq transformatsiyasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.
Transformatsiya jarayonlari boshlandimi?
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, universitetda bakalavriyat bosqichida bir semestrda o‘qish 15 hafta va attestatsiya uchun 6 (bir semestrda 3 hafta imtihonlar uchun ajratilgan) hafta ajratilmoqda. Shunda 4 yilda o‘qish haftalari soni 144 tani, attestatsiyalar 24 haftani hamda umumiy ta’tillar bilan hisoblaganda jami 204 haftani tashkil etmoqda. Barcha ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar o‘quv rejalarida har bir bosqichda fanlar ikki qismga, ya’ni asosiy va tanlov fanlariga ajratilgan holda aks ettirilmoqda. ECTS talabidan kelib chiqib, talabaga har yili 60 kreditdan 4 yil ichida jami 240 kreditni to‘plash majburiyatini yuklash rejalashtirilmoqda. Shunda talaba 4 yil davomida ma’ruza, amaliy hamda laboratoriya mashg‘ulotlari va imtihon jarayonlarida ishtirok etishiga 2880 soat, mustaqil ta’limga 4320 soat, jami 7200 soat vaqt sarflashi lozim bo‘ladi.
Bizning misolimizda 1 kredit = 12 akademik soat + 18 soat mustaqil ta’limni tashkil etadi. Shu bois 1 kredit 30 soatga teng deb qaralib, talabaning haftalik auditoriya yuklamasi 20 soatga teng. Malakaviy amaliyot uchun ajratilgan kredit miqdori tegishli fan yoki fanlar hisobiga amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Yangi tizimga o‘tilsa, qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
Mazkur tizimning oliy ta’limga joriy qilinishi o‘qitish sifatini oshirish, shaffoflikni ta’minlash,
Kredit-modul tizimining joriy etilishi o‘qituvchi va talabaning hamkorlikda ishlashida muhim omil hisoblanadi. Modulli ta’limda pedagog tinglovchining o‘zlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi. Talaba esa yo‘naltirilgan
O‘quv jarayonida mustaqil ta’lim olishning ahamiyati ortadi va bu kelajakda mutaxassislarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi hamda faolligini oshirishga olib keladi. Kredit-modul tizimida universitet talabalari har doim o‘qituvchi va kursdoshlaridan yordam hamda maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlaydi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Kredit-modul o‘qitish tizimiga o‘tish oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilariga bo‘lgan majburiyat hamda talabni ham oshiradi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, modulli o‘qitish tizimi bilan o‘qituvchi nafaqat axborot beruvchi va nazorat qiluvchi
Yana bir gap. Ta’limning kredit tizimi talabalar almashinuvini oshiradi. Chunki bitta universitetda olingan kreditlar ikkinchisida hisobga olinadi va talabalar kredit yo‘qotmasdan bir universitetdan boshqasiga o‘tishi mumkin. Aynan ushbu tizim o‘zbekistonlik talabalarning ilg‘or xorijiy universitetlarda o‘qishini davom ettirishiga hamda murakkab byurokratik to‘siqlarni olib tashlashga imkoniyat yaratadi.
Ammo shuni ham qayd etish lozimki, har qanday xalqaro tajribani ko‘r-ko‘rona, o‘z qadriyatlarimizni hisobga olmasdan turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tatbiq etish, uning har bir elementini chuqur tahlil qilmasdan, ilmiy asoslarga tayangan holda amalga oshirilmas ekan, kelajakda ma’lum bir salbiy holatlarning yuzaga kelishini ham unutmaslik kerak.
Ya’ni ushbu tizim bizning dunyoqarashimiz, shart-sharoit, barkamol insonni voyaga yetkazishga qaratilgan qadriyatlarimizga to‘la-to‘kis mos keladi, degani ham emas. Shu sababli, o‘quv jarayonining faol elementlari hisoblanmish professor-o‘qituvchi va talabaning ham bu boradagi qarashlarini o‘zgartirishimiz, mazkur tizim talablarini ularga singdirishimiz, o‘ziga xos madaniyatni shakllantirishimiz darkor.
Zero, mehnat bozori talabiga mos kadrlarni tayyorlamas ekanmiz, raqobatda o‘z o‘rnimizni, mavqeimizni yo‘qotishimiz muqarrar ekanligini his qilishimiz lozim. Ammo oldimizda bundan yaxshiroq yo‘l ham, tanlov ham yo‘q. Nega deganda, barcha rivojlangan mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari ushbu yo‘ldan yurib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritmoqda.
An’anaviy oliy ta’lim tizimimiz dunyoda tan olinmaganidan keyin, biz ilg‘or standart va tizimlarni oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etishga majburmiz. Shunday ekan, yangilikka intilish, oliy ta’lim tizimini tubdan qayta isloh qilish bo‘yicha boshlangan harakatlarni davom ettirish har tomonlama to‘g‘ri qarordir.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil aprel oyida “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori bilan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etilgan, hujjatda universitetda ta’lim jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimi asosida amalga oshirilishi belgilangandi.
May oyida esa Toshkent
Iyun oyida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan “Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti faoliyatini tashkil etish hamda agrar ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasida ham institutda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ta’limning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etilishi xususida ma’lumot berilgandi.
Izoh (0)