“Arsenal” sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger “Barselona”ni boshqarishni istamadi.
Le10sport nashrining xabar qilishicha, fransiyalik mutaxassisga “Barselona”dan taklif kelib tushgan. Katalonlar unga Kike Setyening o‘rnini egallashni taklif qilgan. Biroq Venger “ko‘k-anorranglilar” taklifini rad etgan va FIFAdagi faoliyatiga e’tibor qaratishni ma’qul ko‘rgan.
Ta’kidlanishicha, Venger yana bir nechta top-klublardan takliflar olgan, ammo ularning hammasiga rad javobini bergan.
Eslatib o‘tamiz, Venger 2019-yilning noyabrida FIFAning futbolni global rivojlantirish bo‘limida ish boshlagandi. Undan avval mutaxassis 1996—2018-yillar mobaynida “Arsenal”ni boshqargan va londonliklar bilan 17 ta sovringa ega chiqqandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)