• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Latsio” inqirozi, o‘ziga rom etgan “Atalanta” va rekordlar. A Seriya 2019/20-yilgi mavsumi nimasi bilan yodda qoldi?

    Ortda qolgan mavsum italiyaliklar uchun oson kechmadi. Bu asosan, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, u mamlakatdagi deyarli barcha sohalarga, xususan, sportga ham juda katta zarar yetkazdi. Uzoq vaqt davomida Italiya chempionatining qayta boshlanishi so‘roq ostida turdi. Ammo A Seriya qaytdi!

    “Yuventus” ketma-ket 9-marta Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi. “Keksa sinyora” iloji boricha intriga uzoqroq saqlab qolinishi uchun “qo‘lidan kelganini qildi”. “Yuve” qator o‘yinlarni boy berdi, ochko yo‘qotdi. Xullas, eng yaqin ta’qibchilariga har tomonlama “yordam” berishga harakat qildi. Ammo na “Latsio”, na “Inter” va na “Atalanta” bundan foydalana olmadi. Biroq buning hammasi allaqachon tarixga aylandi. Shunday ekan, quyida A Seriya yakunlari sarhisob qilinib, eng qiziqarli jihatlar havola etiladi.

    Mavsumning eng yaxshi to‘purari

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    2018/19-yilgi mavsumda 35 yoshli Fabio Kvalyarella Italiya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi. Bu safar esa Chiro Immobile nafaqat Italiyaning, balki kuchli beshlik chempionatlarining eng yaxshi to‘purari bo‘lib, “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa u italiyalik futbolchilar orasida “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritgan uchinchi futbolchiga aylandi. Bungacha uning vatandoshlaridan faqat Franchesko Totti va Luka Toni ushbu mukofotni qo‘lga kiritgandi. Aytish mumkinki, Chiro “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritish bilan birga Ronaldu va Messini ortda qoldirgan o‘yinchi sifatida o‘z nomini Italiya futboli tarixiga o‘chmas izlar bilan yozdirib qo‘ydi.

    2019/20-yilgi mavsumda Immobile Gonsalo Iguainning rekordini yangilab, umumiy hisobda 36 ta gol urdi. Chiro Levandovskini 2 taga, Ronalduni esa 5 ta golga ortda qoldirdi. “Latsio”da mavsumning ikkinchi yarmida muammolar paydo bo‘la boshladi, Immobile esa ketma-ket gol urmagan o‘yinlar ham bo‘ldi. Biroq shularga qaramay, italiyalik forvard o‘tgan mavsumni qoyilmaqom tarzda yakunladi. U rimliklarni Chempionlar Ligasiga qaytarish uchun qo‘lidan kelganini qildi va bunga erishdi.

    Mavsumning eng yaxshi assistent(lar)i

    2019/20-yilgi mavsumda bir yo‘la ikkita futbolchi mazkur sovringa ega chiqdi. Birinchisi, “Latsio” yarim himoyachisi Luis Alberto. Ispaniyalik yarim himoyachi A Seriyaning 36 o‘yinida 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi, “Latsio”ning natijalarida nafaqat Immobilening, balki uning hissasi ham beqiyosdir. Alberto jamoaning eng yaxshi pleymeykeri bo‘lishdan tashqari, Chironing o‘yini chiqmagan pallalarda jamoaning muhim gollariga mualliflik qildi. Agar Luisning kayfiyati yomon bo‘lsa, unda butun jamoaning hujumdagi ishlari yurishmaydi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    2019/20-yilgi mavsumning ikkinchi eng yaxshi assistenti esa Alexandro Gomes bo‘ldi. “Atalanta” yarim himoyachisi ichki chempionat bahslarida 36 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta golga hammualliflik qildi. Shu bilan birga Bergamo klubi vakili Rimdagi raqobatchisidan 1 taga ko‘proq gol urdi (7 ta gol). Albertoning hisobida esa 6 ta gol bor. Alberto singari, Gomes ham jamoa o‘yiniga juda katta ta’sir o‘tkazadi. Bejizga unga sardorlik bog‘ichi berilmagan.

    Mavsumning eng yaxshi transferi

    Ushbu tarifni bemalol Romelu Lukakuga nisbatan ishlatsa bo‘ladi. Belgiyalik futbolchi Antonio Kontening uslubiga juda tez moslashdi. Hujumchi “neradzurrilar” safidagi ilk o‘yinidan boshlab, gol urishni boshladi, natijada esa mavsum oxiriga qadar raqiblar darvozasini 23 ta marta aniq nishonga oldi. Bundan tashqari, milanlik muxlislar ham uni o‘ziniki qilib oldi, boisi u italyan tilini imkon qadar tezroq o‘rganishga harakat qildi.

    Foto: UEFA

    Foto: UEFA

    “Inter” “Barselona”ning Lautaro Martines borasidagi takliflari bilan ovora bo‘lgan bir vaqtda Lukaku gollar yomg‘irini yog‘dirishda davom etdi. Yakunda Romelu jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Yuqorida nomi keltirilgan argentinalik esa mavsum davomida 14 ta gol bilan kifoyalandi. To‘g‘ri, aslini olganda bu ham yomon natija hisoblanmaydi. 2019-yilning avgust oyida “Inter” Lukaku uchun “Manchester Yunayted”ga 75 million yevro to‘lagandi. Miqdor juda katta, ammo hozircha o‘yinchi unga qo‘yilgan kapitalni to‘laligicha oqlamoqda.

    Mavsumning eng yomon transferi

    O‘tgan mavsumning asosiy antiqahramonlaridan biri (ochig‘i, futbol muxlislari bunga ko‘nikib qolgan) Mario Balotelli bo‘ldi. 2019-yil may oyida “Breshiya” muddatidan oldin A Seriyaga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi. Balotellining transferi esa jamoa uchun katta dalda bo‘lishi kutilgandi. Biroq vaqt o‘tishi bilan hujumchining ishlari yomonlasha boshladi. Mario va rahbariyati o‘rtasida ziddiyatlar yuzaga keldi. Klub uning mashg‘ulot va o‘yinlarda xo‘jako‘rsinga harakat qilayotganidan va uning xulq-atvoridan norozi bo‘ldi.

    Foto: The Sun

    Foto: The Sun

    O‘tgan mavsumda Balotelli atigi 5 ta golga mualliflik qildi. Mavsumni qayta boshlaganidan so‘ng esa Italiya terma jamoasi sobiq o‘yinchisining klub rahbariyati bilan munosabatlari batamom buzildi. Chempionat tiklanganidan keyin Balotelli birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi. Yakunda jamoa B Seriyaga tushib ketdi, Balotelli esa katta ehtimol bilan jamoadan ketadi.

    Mavsumning asosiy rekordlari

    2019/20-yilgi mavsum ko‘plab rekordlarga boy bo‘ldi. Masalan, “Milan” 28 yil ichida ilk bor 12 ta o‘yindan iborat bo‘lgan mag‘lubiyatsiz seriya o‘tkazdi. “Yuventus” darvozaboni Janluiji Buffon A Seriyada 649-o‘yinini o‘tkazib, liga rekordchisiga aylandi. Mauritsio Sarri birinchi marta Skudettoni qo‘lga kiritgan eng keksa murabbiy sifatida tarixga kirdi. Zlatan Ibragimovich “Inter” va “Milan” safida 50 tadan ko‘proq gol urgan birinchi o‘yinchi bo‘ldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ammo eng asosiysi Krishtianu Ronalduning rekordi bo‘ldi. Portugaliyalik futbolchi Italiya, Ispaniya va Angliya chempionatlarida 50 ta gol urgan ilk o‘yinchi sifatida futbol tarixiga kirdi. Futbolchi ushbu yutuqqa 2019/20-yilgi mavsum davomida erishdi. U A Seriyadagi ikki mavsumida ellikta gol urdi. Bundan tashqari, Krish Andrey Shevchenkoning rekordini yangiladi — u Italiya chempionatida 50 ta gol urish uchun eng kam vaqt sarfladi. Shevchenkoga 50 ta gol urish uchun 68 ta o‘yin kerak bo‘lgandi, Ronaldu uchun esa 61 ta uchrashuv kifoya qildi.

    Mavsumning suyukli jamoasi

    “Atalanta” mavsum davomida eng ko‘p maqtovlarni qabul qilgan jamoa bo‘ldi. Bergamoliklar o‘zlarining romantik va samarali o‘yini bilan barchaga o‘zini mahliyo qildi. “Atalanta” kuchli beshlik ligalaridagi eng sermahsul jamoalardan biri bo‘ldi. Jan Pyero Gasperini shogirdlari ketma-ket 25 uchrashuvda gol urib, A Seriyada klub rekordini yangiladi. Bundan tashqari, jamoa Chempionlar Ligasida ham ajoyib natijalarga erishdi. Jamoa chorak final bosqichida PSJ bilan kuch sinashdi va so‘nggi daqiqalardan o‘tkazib yuborilgan gollar tufayli musobaqani tark etdi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Atalanta” mavsumni yaxshi o‘tkazdi. Jamoa musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab, faqatgina “Inter” va “Yuventus”dan kamroq ochko jamg‘ardi. Bergamoliklar nazariy jihatdan Skudettoni qo‘lga kiritishi mumkin edi, biroq Gasperini jamoasi bu haqda o‘ylamadi va to‘g‘ri qildi. Muhimi, jamoaning oldiga qo‘yilgan vazifa bajarildi. Chempionat kuchli uchlikda yakunlandi. Agar rahbariyat yetakchi futbolchilarni sotmasa, jamoa kelasi mavsumlarda yana-da yaxshi natijalarni ko‘rsatish ehtimoli yuqori.

    Mavsumdan hafsalasi pir bo‘lgan jamoa

    “Latsio”ni ushbu toifaga kiritish mumkin. Karantindan oldin “Latsio” juda yaxshi holatda edi. “Burgutlar” majburiy tanaffusga “Yuventus”dan atigi 1 ochko ortda qolgan holda chiqib ketgandi. Simone Indzagi jamoasida “Yuventus” gegemonligini buzish va Italiya chempionligini qo‘lga kiritish imkoniyati bor edi. Ammo “burgutlar” mavsum qayta boshlangach, o‘ziga o‘xshamadi, 5 o‘yin boy berildi, shu jumladan “Yuventus”ga ham.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Latsio”ning muvaffaqiyatsizligiga turli sabablarni ko‘rsatish mumkin. Bir tomondan, jamoada birin-ketin o‘yinchilar jarohat ola boshladi. Boshqa tomondan, butun mamlakat ularni kuzatayotganini anglagan holda ruhiy bosimni boshdan kechirdi. Ba’zi hollarda shifokorlar pand berdi, ba’zida esa futbolchilar. Natijada “Latsio” Skudetto uchun kurashdan chiqdi, ammo Chempionlar Ligasiga yo‘llanmasini qo‘lga kiritildi. 12 yillik tanaffusdan keyin “Latsio” Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga chiqdi. Aynan shuni ham tom ma’nodagi g‘alaba deb atash mumkin.

    Boshqa maqolalar:

    • Moliyaviy inqiroz, yoshlarga ishonch va Messisiz kelajak. Yangi “Barselona” qanday bo‘ladi?
    • Nomi ulug‘, suprasi quruq. O‘ynamasdan millionlab yevro topayotgan 10 nafar taniqli futbolchi haqida
    • Krishtianu Ronaldu va Lionel Messidan ko‘proq gol urgan “darbadar” qirol — Chiro Immobile haqida
    • Futbolning buyuk masoni — Miroslav Kloze haqida
    • 38 yildan beri davom etayotgan koma. Fransiyalik sobiq futbolchi va unga sodiq qolayotgan ayol haqida hikoya

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    13.08.2020, 13:01   Izoh (0)   33024
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    PSJ 25 yil deganda Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqdi

    13.08.2020, 12:03

    Petr Yan: “Getji Habib uchun xavfli raqib”

    13.08.2020, 11:02

    Italiya klublari Chempionlar Ligasida antirekord qayd etdi

    13.08.2020, 10:01

    PSJ so‘nggi daqiqalarda “Atalanta”ga ikkita gol urib Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqdi

    13.08.2020, 02:17

    Matteys de Ligt operatsiya qilindi. Futbolchi uch oy maydonga tusha olmaydi (foto)

    12.08.2020, 22:51

    2020-yil avvalida Janubiy Koreya klubiga yo‘l olgan Xurshid G‘iyosov “Bunyodkor”ga qaytdi

    12.08.2020, 22:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.