• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Doctor D asoschisi koronavirus bemorlarini SSV ruxsatisiz davolagan xususiy klinikalar jazolanishi haqidagi qarorga e’tiroz bildirdi

    Doctor D klinikasi asoschisi va rahbari, shifokor va aktyor Dilmurod Ergashev Sog‘liqni saqlash vazirligining xususiy klinikalar va shifokorlar koronavirusga chalingan bemorlarni ruxsatsiz davolashini taqiqlovchi qarori haqida Facebook’dagi sahifasida o‘z fikrlarini bayon qildi.

    Kadr: YouTube

    Kadr: YouTube
    Men 33 yil avval Doctor D klinikasini tashkil etgan va shu yerda shuncha yildan buyon rahbarlik qilayotgan fuqaroman, ya’ni xususiy klinika asoschisi hamda rahbariman.

    Kuni kecha hamma xususiy klinikalar rahbarlarini yig‘ib, qaysi xususiy klinika Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan shartnoma tuzmasdan COVID-19 bemorlarni davolagan bo‘lsa va u jarayonda standartlarga rioya qilmagan bo‘lsa, litsenziyalarini sud orqali to‘xtatish to‘g‘risida ogohlantirilgan.

    Klinikamiz sharoiti to‘g‘ri kelmagani uchun biz COVID-19’ga chalingan bemorlarni davolamadik, lekin zudlik bilan hamma xonalarga kislorodli konsentrator o‘tkazdik va sun’iy nafas olish apparatlarini shaylab qo‘ydik. Bemorlarni davolashga joy yetmay, xodimlarimiz kasal bo‘lib tang holatda qolinsa, o‘zimizning ishchilarga, yaqinlarimizga yordam berishimiz zarur degan maqsadda tayyorgarlik ko‘rib qo‘ydik.

    Oradan ikki oylar o‘tgach, shunaqa vaziyat boshlandi. Kuniga yuzlab qo‘ng‘iroqlar bo‘la boshladi, “tez yordam kelmayapti, og‘ir bemorlarni hech qayerga qabul qilishmayapti, yordam bering” degan gaplar bo‘ldi. Bunday holda nafaqat biz, balki ko‘plab boshqa klinikalar ham bemorlarni qabul qila boshladi. Doktorlar ham odam, lekin ular o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib qarashdi. Ularda tajriba yo‘q. Qo‘lida qo‘llanmasi yo‘q, ingliz tilini bilmaydi, lekin yordam berishga harakat qildi, shu orada oramizdan bir necha doktorlar vafot etdi. Nega o‘sha paytda bularga standartlar yetkazilib berilmadi? Nega sharoit og‘irlashganda klinikalar faoliyati muvofiqlashtirilmadi? Hamma bemorlar uylarida og‘ir ahvolda qolganda TV orqali ham bemorlarni koordinatsiya qilsa bo‘lar edi-ku?

    Virus yuqtirganlar tanish doktor yoki tanish hamshirasini uyiga chaqirib, har xil kerak-kerakmas dorilar bilan davolanishga majbur bo‘ldi. Chunki tez yordam kelmadi, taqdim etilgan telefon raqamlari javob bermadi. O‘lim to‘shagida yotgan bemorlarni ko‘tarib xususiy klinikalarga olib kelishdi. Hech kim yordam qilmagani uchun klinikalar bemorlarga qarashga, yotqizishga majbur bo‘ldi. Bizning klinikaga ham “otam o‘lyapti, onam o‘lyapti, yordam bering, doktor” deb yalinib-yolvorib o‘nlab bemorlarni olib kelishdi. Biz “sharoitimiz yo‘q, klinikada homilador ayollar bor” deb ularni qabul qilmadik, xalqdan malomatlarga qoldik.

    Diagnostika uchun alohida ko‘chadan kiradigan qilib maxsus xonalar tashkil qilindi, 24 soatda kasallikni aniqlashga harakat qildik, tez yordam mashinasi orqali faqat bemorlarga yordam bera oldik, xolos. Mamlakatda bunday holat yuz berganda hamma qo‘lidan kelgan yordamni berishi kerak emasmi? Vrachlarimiz onlayn konsultatsiya berib, bemorlarni uydan kuzatib turdi. Nafas yetishmovchiligi ikkinchi darajaga yetgan bemorlarni ham yotqiza olmadik. Kislorod beradigan mobil qurilmalarni tekinga yetkazib, vaqtincha qo‘llash uchun bemorlarga berib turdik. Shu vaqtlarda mutaxassislar tomonidan ham ko‘p noto‘g‘ri maslahatlar (masalan, “Plakvenil” qabuli bo‘yicha) berildi.

    Endi tajriba oshdi, CDC tarjima qilindi, yaqinda davolash uchun yangi standart qabul qilindi. Ahvol ancha yengillashdi. Qo‘ng‘iroqlar kamaydi, barcha viloyatlarda, hududlarda qo‘shimcha koykalar tayyorlab bo‘lindi. Endi aybni xususiy klinikalarga ag‘darishmoqchi.

    Xususiy klinikalar o‘gaymi? Ularni kim himoya qiladi? Boshidan, ya’ni mart oyida shunaqa bo‘lishi mumkin ekanligini bilar edik, nega barcha xususiy klinikalarga tavsiyalar, qo‘llanmalar berilmadi? Xususiy klinikalarda kerakli asbob-uskunalar yo‘q, dori-darmon yo‘q, ular noto‘g‘ri davolaydi, deb aytilgan. Davlat klinikalarida to‘g‘ri davolanildimi? U yerlarda kerakli hamma narsa bormidi?

    Men qaynotam misolida ahvol qandayligini ko‘rdim. Qaynotam professor, respublikada ko‘zga ko‘ringan, shu kunlarda ham ishlab kelayotgan olim edilar. Hech qayerda joy yo‘q, qayerga telefon qilishmasin hech iloji yo‘q deyishdi, bir amallab klinikaga yotqizdik. Dorilarini, kislorod konsentratorini ham o‘zimiz olib berdik.

    Qilinayotgan terapiyadan ahvol yaxshilanish o‘rniga yomonlashavergach, doktor “uyga olib ketinglar, bu yerda vafot etsa, o‘zlari ko‘mishadi”, deb qo‘rqitgach, uyga olib keldik. Bechora qaynotam o‘ta og‘ir ahvolda uyga olib kelindi. Uyda SDC bo‘yicha davolay boshladik, lekin vaqt o‘tib bo‘lgan, poliorgan yetishmovchiligi boshlangan edi. Shunda ham to‘rt kun kurashdik, afsus...

    Bizning klinikamizda ham hamshiralar, vrachlar kasal bo‘lib yotib qolishdi. Deyarli hamma kasallikka chalindi. Faqat onlayn tarzda ularni kuzatib davolash jarayonini nazorat qilib turdik. Shunday paytlarda bu tizim rahbarlari qayerda edi? O‘gay bolani aybdor qilish yaxshimi? Hamma bolasini birdek ko‘rish kerak emasmi? Do‘q-po‘pisa qilib, “litsenziyangni olib qo‘yaman” deb ishlaydigan zamonlar o‘tib ketmadimi? Xususiy klinikalar davlatga foyda keltirmaydimi yo? Kim ularni himoya qilishi kerak? Nega ularni ham loyihalarga qo‘shishmaydi? Nega shtab tashkil qilinganda ular taklif qilinmaydi, maslahatga chaqirilmaydi? Pandemiya sharoitida hamma joy frontga aylanadi, bunday paytlarda barcha tibbiyot sohasi vakillari kabi biz ham o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak, deb o‘ylayman.

    Mening fikrim shunday, agar shunaqa qo‘rqitib ish yuritilsa, ertaga yurtimizda klinika qurishga, tibbiyot texnologiyasini olib kirishga bitta ham investor kelmaydi. Aslida xususiy klinikalarga to‘g‘ri tavsiyalar qilinib, nega xatoliklar bo‘lganining tagiga yetib chora ko‘rilsa to‘g‘ri bo‘ladi. Butun dunyoda xususiy klinikalar asosiy yuklamalarni ko‘tarishadi. Ularni ham rag‘batlantirish kerak, axir. Yaqinda hukumat tomonidan bir guruh shifokorlar rag‘batlantirildi, lekin ular orasida birorta xususiy klinika vrachlari yo‘q.

    Bizning klinikamiz tashkil etilganiga 33 yil bo‘ldi. Bu yillar ichida minglab bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatdik, davoladik, yuzlab operatsiyalar qilindi, aksiyalar o‘tkazib, qanchadan qancha bemorlarga bepul yordamlar ko‘rsatganmiz. Shu 33 yil ichida birorta doktorimiz hatto choynakning qopqog‘i bilan bo‘lsa ham mukofotlanmadi.

    Vazirlikni isloh qilish kerak. Xususiy klinikalarga ham e’tibor qaratilsin, ularni ham asrash va avaylash, ravnaqi uchun yordam berish zarur

    Dilmurod Ergashev, Doctor D klinikasi asoschisi va rahbari

    Sog‘liqni saqlash vazirligida COVID-19 infeksiyasini aniqlash va davolashda qatnashayotgan xususiy tibbiyot muassasalarining vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan va unda xususiy tibbiyot tashkilotlarining koronavirusga chalingan bemorlarni davolash bilan bog‘liq faoliyati SSV tomonidan monitoring qilib borilishi, davolash standartlarini buzgan xususiy klinikalarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi, ularning litsenziyalarini bekor qilish bo‘yicha sudlarga da’vo arizalarini kiritilishi eslatib o‘tilgandi.

    09.08.2020, 21:17   Izoh (0)   71617
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Uzcard’ning ta’sischilari o‘zgardi

    09.08.2020, 20:16

    “Bizga uskunalar ajratishmayapti, va’da qilingan mukofot pullaridan darak yo‘q” — Toshkent viloyatining bosh infeksionisti murojaati

    09.08.2020, 19:31

    “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov koronavirus asoratlaridan vafot etdi

    09.08.2020, 19:15

    “OAV va blogerning ‘ovozini o‘chirish’ga urinish bilan hech qanday natijaga erishib bo‘lmaydi” — Komil Allamjonov

    09.08.2020, 18:23

    O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 200 nafarga yetdi

    09.08.2020, 17:46

    Namangandagi Norin daryosi ko‘prigi qurilishi qachon yakunlanishi ma’lum bo‘ldi. Oldinroq odamlar daryodan qayiqda o‘tayotgani videosi tarqalgandi

    09.08.2020, 17:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nasbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.