• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Zidan Gvardiolaga qarshi. Ramossiz “Real” va Aguerosiz “Siti” o‘yini haqida

    Madridning “Real” klubi 7-avgust, juma oqshomida Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi doirasida “Manchester Siti” maydoniga safar qiladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Manchester Siti” Angliya Premyer Ligasida (yomon natija bo‘lmagan) ikkinchi o‘rinni egalladi, Liga Kubogini qo‘lga kiritdi, biroq Chempionlar Ligasi “shaharliklar” uchun hamon armon bo‘lib qolmoqda. Madridliklar esa 3 yillik tanaffusdan so‘ng yana La Ligada g‘alaba qozondi va qaysidir ma’noda 2019/20-yilgi mavsum uchun qo‘yilgan minimum vazifani bajardi. Axir kimsan Messisi bor “Barselona” ortda qoldirildi. Ammo Zidanning “Real”i  Chempionlar Ligasiga hech qachon oddiy o‘yinga bo‘lgani kabi qaramagan. Shundan ekan, maydonda ayovsiz kurash borishiga hech qanday shubha yo‘q.

    Jamoalarning ilk uchrashuvi

    26-fevral sanasida “Real” “Santyago Bernabeu”da “Manchester Siti”ni qabul qiladi. Uchrashuvning dastlabki bo‘limi xavfli vaziyatlarga boy, biroq golsiz o‘tadi. Asosiy voqealar esa tanaffusdan so‘ng, ya’ni ikkinchi 45 daqiqalikda sodir bo‘ladi. Dastlab 60-daqiqada Isko hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 20 daqiqa o‘tar-o‘tmas “Siti” oradagi farqni yo‘qqa chiqaradi. 83-daqiqaga kelib esa de Bryuyne 11 penaltini zarbasini aniq amalga oshirib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘yadi.

    Uchrashuvdagi gollardan-da esda qolarli vaziyat 86-daqiqada “qirollik klubi” sardori Serxio Ramosning maydondan chetlatilgani bo‘ldi. Shunday ekan Ramos Manchesterdagi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.

    O‘yinga oid muhim jihatlar

    “Real” keyingi bosqichga o‘tish uchun “Etihad”da kamida ikkita gol urishi kerak. “Manchester Siti” Madridda nafaqat g‘alaba qozondi, balki ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, o‘z uchun yaxshigina ustunlik yaratib olishga muvaffaq bo‘ldi. Shu jihatlarni hisobga olib, Gvardiolaning o‘yinni “quritishini” taxmin qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi, boisi: birinchidan, bu umuman Pepning uslubiga to‘g‘ri kelmaydi, ikkinchidan, jamoaning himoya chizig‘i va darvozaboni ham ko‘krak kerib maqtanishga imkon bermaydi.

    “Real” Zidan boshqaruvida Chempionlar Ligasi pley-off o‘yinlarida faqatgina bir marta mag‘lubiyatga uchragandi (2016-yilgi mavsumda “Volfsburg”ga qarshi chorak final o‘yinida). Chempionlar Ligasi pley-offining boshqa barcha o‘yinlarida Zidan jamoasi hech qachon birinchi uchrashuvda yutqazmagan edi.

    Yo‘qotishlar: Ramossiz “Real” va Aguerosiz “Siti”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Real”ning asosiy yo‘qotishi, shubhasiz, Serxio Ramos. Serxio birinchi o‘yinda jamoasini ehtimoliy uchinchi goldan qutqarib qolgani uchun o‘yindan chetlatilgandi. Ramos o‘yinda qatnasha olmasa ham, sardor sifatida jamoa bilan Manchesterga tashrif buyurdi. Shuningdek, Mariano Dias koronavirusdan tuzalgan bo‘lsa-da, o‘yin qaydnomasidan o‘rin olmagan. Bundan tashqari, Marseloning maydonga tushishi ham so‘roq ostida turibdi. Ammo braziliyalik futbolchi Garet Beyl va Xames Rodrigesdan farqli o‘laroq, o‘yin qaydnomasiga kiritilgan. Uelslik va kolumbiyalik Zidan bilan hamon til topisha olgani yo‘q. Katta ehtimol bilan har ikkalasi ham yozda jamoani tark etadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Manchester Siti” ham 1/8 final javob o‘yini oldidan yo‘qotishlarga ega: Benjamen Mendi diskvalifikatsiyasi tufayli jamoaga yordam berolmasa, tizzasidagi jarohat Serxio Agueroning o‘ynashiga xalaqit beradi. Pep so‘nggi ikki o‘yinda Mendining o‘rniga Joau Kanseluni chap qanot sinab ko‘rdi. Aguero esa 22-iyundan beri maydon tashqarisida “sayr qilmoqda”.

    Ikkala jamoa o‘rtasidagi jami to‘qnashuvlar statistikasi

    • 7 ta uchrashuv
    • “Real”da — 3 ta g‘alaba
    • “Manchester Siti”da — 2 ta g‘alaba
    • 2 ta durang
    • “Real” — 11 ta gol urgan
    • “Manchester Siti” — 10 ta gol urgan
    • “Real”ning eng yirik g‘alabasi — 4:1
    • “Manchester Siti”ning eng yirik g‘alabasi: 4:1
    • Eng sermahsul o‘yinlar: 4:1, 2:3 (“Siti”); 4:1, 3:2 (“Real”)
    • Eng sermahsul durang: 1:1
    Taxminiy tarkiblar:

    “Manchester Siti”: Ederson — Kayl Uoker, Aymerik Lyaport, Fernandinyo, Joau Kanselu — Ilkay Gundog‘an, Rodri Ernandes, Kevin de Bryuyne — Riyad Mahrez, Gabi Jezus, Rahim Sterling

    “Real”: Tibo Kurtua — Dani Karvaxal, Rafael Varan, Eder Militao, Ferlan Mendi — Toni Kroos, Karlos Kazemiro, Luka Modrich — Eden Azar, Karim Benzema, Vinisius Junior.

    O‘yin oldidan murabbiylar qanday fikrda?

     

     

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Birinchi uchrashuvdan keyin ko‘p vaqt o‘tdi. O‘sha paytda javob uchrashuvi o‘z maydonimizda bo‘lishini bilardik. Albatta, biz ushbu musobaqada g‘alaba qozonishni istaymiz. Buning uchun aynan “Real” kabi jamoalarni mag‘lub etishimiz lozim. Men yaxshi o‘yin ko‘rsatamiz va g‘alaba qozonamiz deb o‘ylayapman. Bu mening hissiyotlarim. Biz tayyormiz.Xosep Gvardiola “Manchester Siti” ustozi

    Foto: La Liga

    Foto: La Liga
    Hammasi qanday yakun topishini bilmayman, lekin bu ikki kuchli jamoa o‘rtasidagi uchrashuv bo‘ladi va bu asosiysi. Agar oxirigacha borishni istasak, to‘rtta finalda o‘ynashimiz kerak. Ularning birinchisi “Siti”ga qarshi bo‘ladi. Eng muhimi, hammaning jismoniy holati yaxshi, chunki tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarlicha vaqt bo‘ldi. Azar ham yaxshi holatda.

    Zinedin Zidan “Real” bosh murabbiyi

    Chempionlar Ligasi

    1/8 final

    7-avgust, juma

    00:00 “Manchester Siti” — “Real Madrid”

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    07.08.2020, 14:36   Izoh (0)   30618
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Manchester Yunayted” ketma-ket 2 ta o‘yindan beri gol urayotgan Jessi Lingardni sotishga tayyor

    07.08.2020, 14:02

    “Real” vakillari Garet Beylni Xitoy klubiga sotib yubormay xato qilganligini tan oldi

    07.08.2020, 13:00

    UFC prezidenti Habib Nurmagomedovning kim bilan jang qilishini xohlamasligiga shama qildi

    07.08.2020, 12:01

    “Manchester Yunayted” shartnoma bekor qilinishi sabab Aleksis Sanchesga qancha mablag‘ to‘lagani ma’lum bo‘ldi

    07.08.2020, 11:31

    Zinedin Zidan “Manchester Siti”ga qarshi o‘yin haqida: “Real” noqulay holatda, bu klub uchun final o‘yini bo‘ladi

    07.08.2020, 11:01

    Yevropa Ligasida hafta o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ma’lum bo’ldi

    07.08.2020, 10:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.