• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Peshku tumani tibbiyot birlashmasi rahbari ish so‘rab kelgan hamshiraga “eshikni ko‘rsatib qo‘ygani” uchun ogohlantirildi

    Buxoro tibbiyot institutining oliy hamshiralik ishi fakulteti bitiruvchisi 21 yoshli Nargiza Ostonova Peshku tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Avazbek Hojiyev qabuliga ish so‘rab bir necha marotaba borgan. Biroq TTB boshlig‘i uni eshitmay, qo‘pol muomalada bo‘lgan va “eshikni ko‘rsatib qo‘ygan”. Bu haqda “Daryo” muxbiri Laylo Hayitova xabar berdi.

    Foto: “Buxoro yoshlari” gazetasi

    Foto: “Buxoro yoshlari” gazetasi

    “Har safar tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining eshigi oldiga borib, kutib-kutib ortga qaytganman. Hatto ertalabdan tushlik vaqti soat 13:00 gacha kutgan vaqtlarim bo‘lgan. Eshiklari ochiqligida mening to‘rt-besh soat kutganimni ko‘rgan bo‘lsa ham ‘nima maqsadda kelganding’ deb so‘ramagan. Lekin ish so‘rab borganimdan xabari bo‘lgan”, — deydi Nargiza Ostonova.

    Tibbiyot institutining oliy hamshiralik ishi fakulteti bitiruvchisi Nargiza Ostonovaning “Daryo”ga bildirishicha, u har gal ish so‘rab borganda qo‘pol munosabatga duch kelavergach, audioyozuvni olishga majbur bo‘lgan.

    “Daryo”ga taqdim etilgan audioyozuvdan anglashilishicha, bosh shifokor “O‘sha yerda turib, gapir! Chiq! Chiq ko‘chaga! Eshikdan chiq, dedim men senga! Ana shu yerdan turib gapir! Vrachmisan?! Vrach bo‘lsang kir, bo‘lmasa kirib o‘tirma xonamga. Chiq, tamom!”, deya baqirgan va boshqa xodimning ichkariga kirishini aytgan.

    Avazbek Hojiyevning ish so‘rab borgan talabaga qilgan qo‘pol munosabati ijtimoiy tarmoqlarda chiqqach, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.

    Peshku tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Avazbek Hojiyev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda audioyozuvdagi ovoz o‘ziga tegishli ekanini tan olgan. U ish izlab kelgan yosh mutaxassis bilan qo‘pol munosabatini tun-u kun bemorlar orasida yurgani, o‘zi va atrofidagilarning salomatligini himoyalashga mas’ulligi bilan izohlagan.

    Tuman tibbiyot birlashmasi huquqshunosi Shuhrat Halimov talaba qizning ish so‘rab qilgan murojaatini qoralab, yoshlarning bandlik masalasini “ikkilamchi masala” deydi. Va ish so‘rab borgan talabani karantin qoidalariga zid harakat qilishda ayblaydi.

    “Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pandemiyani jilovlash, kasallikning oldini olish, bemorlarga sifatli va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini tashkillashtirish bilan shug‘ullanayotganda uni boshqa ‘ikkilamchi masalalar’ bilan chalg‘itmaslik muhim. Ushbu fuqaro 2020-yil 1-avgust kuni komissiya qaroriga rioya etmasdan, tibbiyot birlashmasiga karantin qoidalariga zid ravishda ish so‘rab kelgan. Hurmatli ish izlab yurgan singlim, sizni tibbiyot xodimi sifatida sog‘liqni saqlash maydonidagi jangga partizan sifatida kirib, koronavirusni yanchib tashlashda jonbozlik ko‘rsatishga taklif qilamiz. Har qanday jamoada ishlash uchun jamoaning kamchiligini emas, yutuqlarini ko‘rsatib, yordam berib, natijaga erishish mumkin. Agar siz ishlashni xohlasangiz, karantin zonada hamshira sifatida ishlashingiz mumkin”, — deydi.

    Mazkur masala viloyat hokimi o‘rinbosari e’tiborini ham tortgan.

    “Rahbarning yoshlar taqdiriga befarq bo‘lishga haqi yo‘q. Vaholanki, ayni pandemiya davrida tibbiyot xodimlarining xizmati va ko‘magi juda zarur. Demak, ishga talabgor tibbiyot sohasi vakili bugun ishsiz qolmasligi shart. Har bir rahbar fuqaroga vaziyatni tushuntirishi, o‘z madaniyati va muomalasi bilan o‘rnak bo‘lishi shart. Do‘q-po‘pisa-yu, ‘eshikni ko‘rsatib qo‘yish’ payti o‘tgan. Bugun har bir rahbarning xatti-harakati, so‘zlashish madaniyati, xulq-atvori-yu, o‘zini tutishi jamoatchilik nazoratida ekanligini unutmasligi lozim”, — deydi Buxoro hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev.

    Qayd etish lozim, Prezident farmoniga ko‘ra O‘zbekistonda tibbiyot OTMlarining davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilari 1 yilgacha bo‘lgan muddatga vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlarga jalb qilinadi.

    Aniqlanishicha, Peshku tuman tibbiyot birlashmasi rahbari yosh kadrning bir necha marotaba qabuliga ish so‘rab borganiga qaramasdan uni qabul qilmagan, bo‘sh ish o‘rni bor yoki yo‘qligini aytmagan. Shunda talaba audioyozuvni olishga va OAVga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

    Ushbu murojaat Peshku tuman hokimi Amrillo Nazarov tomonidan o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda ham muhokama qilingan. Unda tibbiyot birlashmasida fuqaro murojaatlarini qabul qilish va murojaatlar bilan ishlash tizimli yo‘lga qo‘yilmagani tanqid qilingan. Shuningdek, Avazbek Hojiyevga ogohlantirish berilgan. Kelgusida yana shunday holat kuzatilsa, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga taqdimnoma yuborilishi tushuntirilgan.

    Foto: “Buxoro yoshlari” gazetasi

    Foto: “Buxoro yoshlari” gazetasi

    Ushbu holatlardan so‘ng talaba 5-avgust kuni TTBga ishga olingan. 2020-yil 6-avgustdan boshlab karantin zonasida 14 kun ishlagan hamshira buyruq chiqqan bo‘limda ish faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.

    06.08.2020, 17:13   Izoh (0)   38615
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlari qanday o‘zgaradi?

    06.08.2020, 16:47

    Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

    06.08.2020, 16:25

    “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi “tonirovka”ni bepul qilishni taklif qildi

    06.08.2020, 16:14

    O‘zbekiston dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari e’lon qilindi

    06.08.2020, 15:59

    “Ko‘p bolali oila” tushunchasiga aniqlik kiritiladi

    06.08.2020, 15:36

    Toshkentdagi Yevropa yahudiylari diniy jamoasiga tegishli sinagoga binosi buzilmaydigan bo‘ldi

    06.08.2020, 15:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.