Fransiyaning L’Equipe nashri tomonidan “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan dunyoning ayni damdagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Foto: L’Equipe

Unga ko‘ra, Zidan “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp va “Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiolani ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, Zidan dastlab 2016—2018-yillarda “Real”ni boshqargan va shu vaqt ichida Ispaniya chempionati va mamlakat Superkubogida g‘alaba qozongan. Shuningdek, 3 bor Chempionlar Ligasida, ikki martadan UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham bosh sovringa ega chiqqan.

2019-yilda yana Madrid klubiga qaytgan fransiyalik mutaxassis 2019/20-yilgi mavsumda La Ligada g‘olib chiqdi.

Afsonaviy Zinedin Zidanning “Yuventus” safidagi eng qoyilmaqom gollari, driblinglari to‘plami (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!