Ayollar o‘rtasidagi mutlaq yengil toifasida UFC chempioni Valentina Shevchenko keyingi jangini Jennifer Mayyaga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda UFC prezidenti Deyna Uayt ma’lum qildi.
Mayya 2-avgust kuni o‘tgan UFC Fight Night 173 kechasida shotlandiyalik Joan Kaldervudni mag‘lub etdi. Braziliyalik yakkakurashchi birinchi raunddayoq og‘ritish usuli bilan raqibini taslim etdi.
Mayyaning g‘alabasiga qirg‘izistonlik jangchi Twitter’da o‘z munosabatini bildirdi: “Tez orada ko‘rishguncha”.
Eslatib o‘tamiz, Shevchenko 2018-yilning dekabrida Yoanna Yenjeychikni mag‘lub etib, mutlaq yengil vazn toifasi chempioniga aylangandi. Shundan keyin u uch marta kamarni muvaffaqiyatli himoya qildi. U shuningdek, o‘ta yengil vazn toifasining sobiq chempioni hisoblanadi.
Shevchenko MMA’da 22 ta jang o‘tkazib, ularning 19 tasida g‘alaba qozongan (13 marta muddatidan avval) va uchta jangda mag‘lub bo‘lgan. Mayya hisobida esa 18 g‘alaba, 6 mag‘lubiyat va bitta durang mavjud.
UFC Fight Night 173 musobaqasidagi janglar videosini tomosha qiling
Izoh (0)