Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ta’tilni turli mashg‘ulotlar bilan o‘tkazmoqda. 15-iyul kuni davlat rahbari mamlakat ko‘llaridan birida baliq ovlagan bo‘lsa, 21-iyul kuni alabay iti bilan sayr qilgan, deb xabar bermoqda “Xronika Turkmenistana”.
Qayd etilishicha, 29-iyul kuni ertalab Berdimuhamedov Kopetdag‘ tog‘ etagida velosipedda sayr qilgan.
Davlat rahbari velosipedda “Axal-Teke” ot sport majmuasiga tashrif buyurdi. U yerda Berdimuhamedov Garlavach nomli oti bilan majmuani aylanib chiqdi.
Sayr tugagach, Berdimuhamedov otni majmuaga olib kelib, jilovni yechib, unga o‘t-o‘lan berib, ichish uchun suv bergan. Keyin Gurbanguli Berdimuhamedov ot uchun maxsus aralashma tayyorlab, uni ovqatlantirgan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)