• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda soliq tekshiruvlarini o‘tkazish tartibida o‘zgarishlar yuz beradi

    Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan soliq tekshiruviga oid nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan, deya xabar beradi Norma.

    Foto: Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

    Foto: Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

    Qaror loyihasi “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq tayyorlangan.

    Loyihada Soliq kodeksining qabul qilinishi munosabati bilan quyidagi soliq tekshiruvlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash taklif etilmoqda:

    • Soliqlarni to‘lamaslik xavfini baholash va soliq to‘lovchilarni insoflilik mezonlari asosida segmentlash tizimi to‘g‘risida nizom (1);
    • Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom (2);
    • Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (3);
    • Soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom (4).
    Nizomda (1) soliqlarni to‘lamaslik xavfini boshqarish tizimining asosiy vazifalari va elementlari, shuningdek soliq tekshiruvlarini rejalashtirish tizimining prinsiplari belgilangan.

    Soliqlarni to‘lamaslik xavfini tahlil qilish va natijalarini baholash tizimi Davlat soliq qo‘mitasining (DSQ) “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturiy mahsuloti orqali amalga oshiriladi.

    Soliq to‘lovchilar muayyan davrdagi tovar aylanmasi miqdori bo‘yicha kichik, o‘rta va yirik guruhlarga ajratiladi. Soliqlarni to‘lamaslik xavfi darajasini aniqlash mezonlari sanab o‘tilgan. Soliqlarni to‘lamaslik xavfi darajasi 1 dan 1 000 gacha shkala asosida hisoblanadi va formula bo‘yicha aniqlanadi.

    To‘plangan baliga ko‘ra soliq to‘lovchilar uch guruhga segmentlanadi: qizil yo‘lak (soliqlarni to‘lamaslik xavfi darajasi yuqori bo‘lgan), sariq yo‘lak (soliqlarni to‘lamaslik xavfi darajasi o‘rta bo‘lgan) va yashil yo‘lak (soliqlarni to‘lamaslik xavfi darajasi past bo‘lgan).

    Muayyan soliq davri uchun har bir guruh bo‘yicha chegaraviy ball DSQ tomonidan belgilanadi. Soliqlarni to‘lamaslik xavfi darajasi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar orasidan soliq auditi o‘tkazish uchun, xavf darajasi o‘rta bo‘lgan soliq to‘lovchilardan kameral yoki sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazish uchun nomzodlar tanlab olinadi, soliqlarni to‘lamaslik xavfi darajasi past bo‘lgan soliq to‘lovchilarga soddalashtirilgan tartib (yashil yo‘lak) belgilanadi va ularga soliq tekshiruvlari tayinlanmaydi.

    Nizomda (2) kameral soliq tekshiruvini (KST) o‘tkazish tartibi belgilangan. Mazkur tekshiruv soliq organi joylashgan joy bo‘yicha amalga oshiriladi va soliq to‘lovchilar tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi.

    Nizomda KST o‘tkaziladigan holatlar sanab o‘tilgan. Tekshiruv soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) buyrug‘i asosida o‘tkaziladi, unda soliq to‘lovchining nomi va identifikatsiya raqami, tekshiruvchi shaxslarning F.I.O. va lavozimi, tekshiruvni o‘tkazish muddatlari, tekshirilayotgan davr, tekshirilayotgan soliqlarning turlari ko‘rsatiladi. KST muddati 3 oydan oshmasligi kerak. Nizomda KST muddati bir oyga uzaytirilishi mumkin bo‘lgan holatlar va asoslar sanab o‘tilgan.

    Soliq to‘lovchi KST chog‘ida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga elektron shaklda so‘rovnoma yuborish orqali so‘rab olishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlar sanab o‘tilgan. So‘rovnoma shaxsiy kabinetga jo‘natilgan sanadan e’tiboran 3 kundan keyin olingan deb hisoblanadi.

    So‘rovnomada nazarda tutilgan hujjatlar va tushuntirishlar soliq to‘lovchi tomonidan soliq organiga so‘rovnoma olingan kundan e’tiboran 5 kun ichida taqdim etilishi kerak. Zarurat tug‘ilganda soliq organi soliq to‘lovchining faoliyatiga taalluqli hujjatlarni (axborotni) uchinchi shaxslardan talab qilib olishga haqli. So‘rov berish muddatlari va soliq to‘lovchi tomonidan soliq organiga taqdim etiladigan muddatlar hamda ularni buzganlik uchun sanksiyalar qayd etilgan.

    KST natijalari bo‘yicha tekshiruvni o‘tkazuvchi mansabdor shaxs belgilangan shaklda xulosa tuzadi. Nizomda xulosada aks ettirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar va ularni rasmiylashtirish tartibi ko‘rsatilgan. Soliq hisobotidagi tafovutlarni yoki xatolarni aniqlangan holatlar yuzasidan soliq organi tomonidan ikki kunlik muddatda soliq to‘lovchiga ularni bartaraf etish to‘g‘risida talabnoma yuboriladi.

    Nizomda soliq to‘lovchida KSTda aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritish tartibi qayd etilgan.

    Nizomda (3) sayyor soliq tekshiruvini (keyingi o‘rinlarda — SST) o‘tkazish tartibi belgilangan. Hujjatda soliq organlari SST doirasida amalga oshirishga haqli bo‘lgan harakat bayon etilgan. Tekshiruv chog‘ida hisobga olish hujjatlarining, TMB va pul mablag‘lari harakatining, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa axborotning tahlili o‘tkaziladi. SST o‘tkazishda soliq to‘lovchilardan sayyor soliq tekshiruvi predmetiga aloqador bo‘lmagan hujjatlarni (axborotni) talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    SST 10 ish kunigacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi. SST natijalariga ko‘ra soliq organlari tomonidan soliqlar va yig‘imlarni hisoblash amalga oshirilmaydi.

    Nizomda SST o‘tkazish uchun asoslar sanab o‘tilgan. Tekshiruv soliq organi rahbarining (o‘rinbosarining) buyrug‘i asosida o‘tkaziladi. Buyruqda soliq to‘lovchining nomi, tekshiruvchi shaxslarning F.I.O. hamda lavozimi, tekshiruvlarni o‘tkazish muddatlari va maqsadi ko‘rsatiladi.

    SST o‘tkaziladigan sayyor soliq tekshiruvlari Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi orqali Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil xabardor qilingan holda o‘tkaziladi (bundan davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, noqonuniy ravishda tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan jismoniy shaxslar mustasno).

    Tekshiruvlarning natijalari tekshiruv tamomlangandan keyin 3 kun ichida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritiladi.

    Nizomda SST o‘tkazish chog‘ida soliq organining mansabdor shaxsi va soliq to‘lovchining huquqlari va majburiyatlari qayd etilgan.

    Shuningdek Nizomda quyidagi tartiblar ko‘rsatilgan:

    • xronometraj kuzatuvlarni o‘tkazish;
    • NKM va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishini tekshirish;
    • soliq to‘lovchi xodimlarining soliq hisobotdagi ko‘rsatilgan va haqiqiy soni muvofiqligi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
    • bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo‘lgan avtomobil vositalarining to‘xtash joylari faoliyatini soliq qonunchiligiga rioya etilishini tekshirish;
    • savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishini tekshirish;
    • asosiy vositalar, TMB, pul mablag‘lari va hisob-kitoblarni xatlovdan o‘tkazish;
    • hujjatlarni va buyumlarni olib qo‘yish.
    KST natijalariga ko‘ra tekshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha 2 nusxada dalolatnoma tuziladi.

    Nizomda (4) soliq auditini (SA) o‘tkazish tartibi belgilangan. Soliq kodeksiga muvofiq soliq auditi soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining muayyan davr uchun soliqlar va yig‘imlarning hisoblanishi hamda to‘lanishining to‘g‘riligini tekshirish maqsadida, uning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hamda boshqa hujjatlarini o‘rganish va taqqoslash yo‘li bilan o‘tkaziladi.

    Jinoyat ishi doirasida soliq to‘lovchining moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish etish Jinoyat-protsessual kodeksi va Soliq kodeksi talablari asosida o‘tkaziladi.

    Nizomga muvofiq soliq auditi quyidagi soliq to‘lovchilarda o‘tkaziladi:

    • soliq organida xavfni tahlil etish avtomatlashtirilgan axborot tizimi (“Tahlika-tahlil” dasturiy mahsuloti) orqali aniqlangan, yuqori darajadagi tavakkalchilik (soliq xavfi) toifasiga mansub bo‘lgan soliq to‘lovchilarda hamda tasodifiy tanlab olish usuli asosida yirik soliq to‘lovchilarda;
    • kameral soliq tekshiruvi natijasi bo‘yicha soliq organining talabnomasiga javoban aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmagan (shu jumladan, aniqlashtirilgan talabnomadan keyin), aniqlangan tafovutlar bo‘yicha asos keltirmagan yoki taqdim qilingan asosnomalar yetarli emas deb topilgan yuqori darajadagi tavakkalchilik (soliq xavfi) toifasiga mansub bo‘lgan;
    • ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar va faoliyatini o‘z tashabbusi bilan to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlarda;
    • avval o‘tkazilgan soliq auditi chog‘ida soliq organiga ma’lum bo‘lmagan yangi holatlar aniqlangan soliq to‘lovchilarda.
    Soliq auditi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
    • Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan o‘z hududida soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan soliq to‘lovchilarda;
    • yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan yirik soliq to‘lovchilarda;
    • DSQ tomonidan yuqori darajadagi tavakkalchilik (soliq xavfi) toifasiga mansub bo‘lgan soliq to‘lovchilarda.
    Nizomda soliq auditi quyidagi tartibda o‘tkazilishi nazarda tutilgan:
    • soliq auditi soliq organining buyrug‘iga asosan o‘tkaziladi, unda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: soliq auditi o‘tkazish uchun asoslar, soliq to‘lovchining nomi va identifikatsiya raqami, soliq auditini o‘tkazuvchi shaxslarning F.I.O. va lavozimi, soliq auditining maqsadi, soliq auditini o‘tkazish muddati. Bir vaqtning o‘zida soliq auditi dasturi tasdiqlanadi;
    • soliq organi soliq auditi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnoma yuborilgandan so‘ng 30 kun o‘tgach tekshiruv o‘tkazilishi mumkin;
    • soliq auditini o‘tkazish muddati soliq to‘lovchiga (soliq agentiga) soliq auditini tayinlash to‘g‘risidagi buyruq topshirilgan kunda boshlanadi;
    • soliq auditi tekshiruv dalolatnomasi imzolangan kunda yakunlanadi;
    • soliq auditini o‘tkazish muddati 30 ish kunidan ortiq davom etishi mumkin emas. Soliq auditini o‘tkazish muddati SKning 142-moddasiga muvofiq uzaytirilishi mumkin;
    • soliq auditi da’vo qilish muddati o‘tmagan oxirgi soliq auditidan keyingi davrni qamrab olishi mumkin;
    • soliq organlari soliq to‘lovchining aynan bitta davr uchun aynan bir xil soliqlar bo‘yicha bir martadan ortiq soliq auditini o‘tkazishga haqli emas, bundan soliq auditini o‘tkazish chog‘ida soliq organiga ma’lum bo‘lmagan yangi holatlar aniqlangan hollar mustasno;
    • soliq auditi Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi to‘ldirilganidan so‘ng o‘tkaziladi.
    Soliq auditi natijalari tekshiruv tamomlangandan keyin 3 kun ichida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritiladi. Nizomda quyidagi tartiblar qayd etilgan:
    • soliq auditini o‘tkazish doirasida hujjatlar almashinuvi;
    • tekshiruvni tayinlash, tashkil etish va o‘tkazish;
    • ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar va faoliyatini o‘z tashabbusi bilan to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlarda soliq auditini o‘tkazish xususiyatlari;
    • hudud va binolarni ko‘zdan kechirish;
    • tekshirilayotgan soliq to‘lovchidan hujjatlarni talab qilib olish;
    • uchinchi shaxslardan hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish;
    • hujjatlar va buyumlarni hamda elektron axborot tashuvchilarni olib qo‘yish.
    Shuningdek hujjatda soliq auditini o‘tkazish ishtirokchilari sanab o‘tilgan va soliq auditi natijalarini rasmiylashtirish tartibi ko‘rsatilgan.

    VMQ loyihasi qabul qilingan taqdirda DSQning soliq tekshiruvlarini tartibga soluvchi normativ hujjatlari bekor qilinishi mumkin.

    Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

    Mavzuga doir:

    • Davlat soliq qo‘mitasi “kunlik jarimalar rejasi” haqidagi xabarlarni rad etdi
    • O‘zbekistonda savdo, umumiy ovqatlanish sohalarida plastik kartalar orqali to‘langan to‘lovlar daromad solig‘idan ozod etilishi mumkin
    • O‘zbekistonda 1-avgustdan boshlab yana qator soliq imtiyozlari bekor qilinadi

    01.08.2020, 09:03   Izoh (0)   39122
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ichimlik suvida koronavirus 8-12 soatgacha saqlanishi, ammo odamga yuqmasligi aytildi

    01.08.2020, 08:43

    Viloyat hokimlari nima uchun Toshkentda davolanadi?

    01.08.2020, 08:21

    Toshkent viloyati hokimligi toshqindan zararlangan Oqoltin tumanidagi 128 ta xonadonga 1 boshdan qoramol topshirmoqda

    01.08.2020, 08:00

    Samarqandda 63 yoshli bozor qorovulini kaltaklagan fuqaro 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

    01.08.2020, 06:00

    Video: Sergelida aholi va mahalla ma’muriyati o‘rtasida 1 mln so‘mlik naqd pul yordami ustida yuzaga kelgan mojaro

    01.08.2020, 03:04

    O‘zbekistonda 31-iyul kuni 738 kishida koronavirus aniqlanib, antirekord yangilandi. Sog‘ayish bo‘yicha ham rekord qayd etildi

    01.08.2020, 00:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.