O‘zbekistonda iste’molchilar uchun elektr energiyasi tariflari oshirilmaydi. Bu haqda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 29-iyuldagi 5-sonli yig‘ilishi qaroriga asosan 14-avgustidan e’tiboran elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotish bo‘yicha elektrenergetika sohasi korxonalari o‘rtasida yangi tariflar joriy etilishi belgilangan.
Ushbu tariflarning amaliyotga tatbiq etilishi, sohaviy muassasalar o‘rtasidagi moliya-iqtisod munosabatlariga daxldor bo‘lib, oqibatda elektr energiyasining iste’molchilarga yetkazib berish tariflariga ta’sir ko‘rsatmaydi, ya’ni narxlarning oshishiga sabab bo‘lmaydi.
Avvalroq Tojikiston elektr energiyasi importi hajmini keskin qisqartishi sabab O‘zbekistonda elektr ta’minoti tizimiga cheklovlar kiritilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Keyinroq Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi uzatishni muddatidan oldin to‘xtatgani, o‘z navbatida O‘zbekiston Turkmanistondan elektr energiyasi import hajmini oshirgani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)