“Lill” hujumchisi Viktor Osimhen faoliyatini “Napoli”da davom ettiradi. Bu haqda neapolliklar matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Napoli” kelishuv tafsilotlarini ochiqlamagan.
Xabarlarga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi italyan klubi 2025-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan va yiliga 4,5 million yevro maosh oladi.
Ta’kidlanishicha, “Lill” Osimhen transferidan 50 million yevro (qo‘shimcha 10 million bonus) ishlab oladi, shuningdek, darvozabon Orestis Karnezias va himoyachi Klaudio Mansi ham kelishuvning bir qismiga aylangan.
Italiya matbuoti transfer bahosi 50 million yevro va 10 million yevro bonus ko‘rinishida bo‘lganini xabar qilmoqda. Bu vaqtda Fransiya va Nigeriyada Osimhenning “Napoli”ga yo‘l olishi 81 millionga aylanishi taxmin qilinmoqda.
Jurnalist Janluka di Martsio versiyasiga ko‘ra, “Napoli” besh yil mobaynida “Lill”ga 50 million yevro to‘lab beradi. L’Equipe esa transfer 81,3 million yevroga aylanganini aytmoqda.
Osimhen joriy mavsum Fransiya chempionatida 27 o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol va beshta golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)