• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev viloyatlarda koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalar tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-iyul kuni hududlarda koronavirus bilan bog‘liq murakkab vaziyatni tartibga solish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, mamlakatda oxirgi besh kunda infeksiya yuqtirganlar soni 3 mingtaga ko‘payib, 21 700 nafarga yetdi. Jumladan, Toshkent viloyatida 347 ta, Qashqadaryoda 193 ta, Surxondaryoda 130 ta, Samarqandda 123 ta, Sirdaryoda 83 ta, Andijonda 79 ta yangi kasallanganlar aniqlangan. Buxoro, Farg‘ona, Samarqand, Namangan, Toshkent, Xorazm viloyatlarida va Qoraqalpog‘istonda pnevmoniya holatlari ancha ko‘paygan.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev mamlakatda koronavirus bilan birga pnevmoniya ham tarqalayotganini ma’lum qildi

    Yig‘ilishda bu borada hududlarda dolzarb bo‘lib turgan masalalar ko‘rib chiqilib, qo‘shimcha vazifalar belgilandi.

    Respublika maxsus komissiyasiga joylardagi epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish va kasallarni davolashga amaliy yordam beradigan guruhlar tuzib, har bir hududga yuborish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

    Ushbu guruhlarga mutasaddi idoralar, ixtisoslashgan tibbiyot markazlari hamda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari rahbar va mutaxassislari, shuningdek, nafaqadagi tajribali shifokorlar jalb etiladi. Bu hududlarda aholiga erta va aniq tashxis qo‘yish, bemorlarni kasallik darajasiga qarab to‘g‘ri va malakali davolashda muhim omil bo‘ladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Hokimliklarga koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalar tashkil etish, intensiv va reanimatsiya o‘rinlarini ko‘paytirish, ularni zarur tibbiy jihozlar va dori-darmon bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Toshkent shahridagi tajriba asosida COVID-19 va pnevmoniya bilan kasallanganlarga dastlabki malakali tibbiy yordam ko‘rsatadigan maxsus poliklinikalar tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

    Davlat rahbari og‘ir kasallar ahvolini yengillashtiradigan tibbiy uskunalar ta’minoti masalasiga alohida to‘xtaldi.

    Qayd etilishicha, oxirgi ikki haftada qo‘shimcha ravishda 370 ta sun’iy nafas oldirish apparati, 1041 ta portativ nafas oldirish uskunasi, 1164 ta kislorod konsentratori va boshqa zarur tibbiy jihozlar olib kelinib, hududlarga tarqatildi. Kasallar ko‘payishi mumkinligini hisobga olib, Respublika maxsus komissiyasiga joylarga yana qo‘shimcha uskunalar yetkazish bo‘yicha topshiriq berildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tashkil etildi.

    Ta’kidlanishicha, ushbu xizmatning bugungi kundagi eng asosiy vazifasi virus zanjirini uzish hisoblanadi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimi, hokimliklar bilan birgalikda bemorlarni sog‘aytirish va ulardan boshqalarga virus yuqishini kamaytirish ham eng muhim yo‘nalishdir.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda yosh bolalar, homilador ayollar, keksalar, nogironligi va surunkali kasalligi bo‘lgan fuqarolar salomatligi ustidan tizimli monitoring olib borish muhimligi belgilandi.

    Karantin davrida biror-bir ehtiyojmand oila e’tibordan chetda qolmasligi, kam ta’minlangan aholi qatlamiga moddiy yordam, oziq-ovqat va dori-darmonlarni manzilli yetkazib berish tizimi soatdek aniq ishlashi kerakligi ta’kidlandi.

    “Hozirgi sharoitda kasallarni davolashga ham, iqtisodiyotni ishlatishga ham majbur va mas’ulmiz. Shuning uchun aholi salomatligini saqlash, ayni paytda temir intizom bilan hamma ishlarni davom ettirishimiz kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Hokimlar o‘z hududidagi real vaziyatdan kelib chiqib, aniq choralar ko‘rishi bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, tibbiy niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, 65 yoshdan oshganlar zarurat bo‘lmasa, uydan chiqmasligi qoidalariga qat’iy rioya qilishning ahamiyati qayd etildi.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Toshkent shahrida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish, bu boradagi ishlarning samaradorligini, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish qamrovini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishgandi.

    Mavzuga doir:Kun fotosi: Niqob taqqan Shavkat Mirziyoyev

    Avvalroq Xitoydan 1300 ta, keyinroq yana 1000 ta kislorod konsentratori olib kelingani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Germaniya ham O‘zbekistonga kislorod ballonlari, tibbiy niqoblar va kombinezonlardan iborat 3 tonnalik insonparvarlik yordami yubordi.

    28.07.2020, 21:54   Izoh (0)   32601
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda davlatdan imtiyozli un xarid qilib, iste’molchilar haqiga xiyonat qilgan non ishlab chiqaruvchilar fosh etildi

    28.07.2020, 21:24

    O‘zbekistonda koronavirusga test topshirganlarga uning natijalari haqida 3 kunda telefon orqali xabar beriladi

    28.07.2020, 21:10

    Svetlana Ortiqova jurnalistlarni yarim kechada prokuraturaga chaqirgan qoraqalpog‘istonlik hamkasblariga tanbeh berganini aytdi

    28.07.2020, 20:11

    Shayxontohurdagi “Yoshlik” sport majmuasida tashkil qilingan taqsimlash markaziga tibbiyot xodimlari ishga qabul qilinadi

    28.07.2020, 19:56

    “O‘zgidromet” 29-iyul kuni uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    28.07.2020, 18:58

    “Toshkent shifokorlari”: O‘zingizni ko‘r-ko‘rona davolashga kirishib, ahvolingizni og‘irlashtirib qo‘ymang!

    28.07.2020, 18:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.