O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Toshkent shahrida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish, bu boradagi ishlarning samaradorligini, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish qamrovini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar hisobotini tingladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezentatsiya shaklidagi muhokamada bosh vazir, markaziy muassasalar, vazirlik va idoralar rahbarlari, mamlakatda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga jalb etilgan boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan suratlarda Shavkat Mirziyoyevni niqob taqqan holda ko‘rish mumkin. Qayd etish joizki, Shavkat Mirziyoyevning niqob taqqan holdagi surati ilk bor e’lon qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati