Futbol bo‘yicha Fransiya Kubogi finalida PSJ va “Sent-Etyen” jamoalari 24-iyul, juma kuni o‘zaro bahs yuritdi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida Neymar parijliklarni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib Kilian Mbappe raqib futbolchisi bilan to‘qnashuvda jiddiy jarohat olib maydonni tark etdi. Uni qo‘pollik bilan to‘xtatib qolgan Loik Perren to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.
Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va PSJ 2019/20-yilgi mavsum kubogini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa parijliklar 13 marta Fransiya Kubogida g‘olib chiqdi va bu borda rekordchi bo‘lib turibdi. Keyingi o‘rindagi “Sent-Etyen” olti bor kubok o‘yinida zafar quchgan, shuningdek, “yashillar” 4-marta finalda mag‘lub bo‘ldi.
PSJ koronavirus tufayli muddatidan avval yakunlangan Liga 1 musobaqasida ham chempionlikni qo‘lga kiritgandi.
Fransiya Kubogi
Final bahsi
24-iyul, juma
PSJ — “Sent-Etyen” 1:0
Gol: 1:0 – 14 Neymar.PSJ: Navas, Kerer (Dagba, 20), Markinyos, Tiago Silva, Bakker, Guye, Di Mariya, Paredes (Verratti, 75), Ikardi, Mbappe (Sarabiya, 33), Neymar.
“Sent-Etyen”: Mulen, Kolodzeychak, Perren, Debyushi (Krasso, 83), Mason (Mukudi, 34), Mvila, Kamara (Neu Nupa, 46), Budebuz (Norden, 75), Buanga, Amuma (Hazri, 46), Fofana.
Ogohlantirishlar: Mason (2), Bakker (29), Paredes (29), Amuma (29), Mulen (29), Verratti (31), Markinyos (35), Kamara (37), Mvila (51), Fofana (90).
Chetlatish: Perren (31).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)