Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Isroilda 20-iyuldan boshlab ish haqi oshirilishini talab qilgan tibbiyot hamshiralarining ish tashlashi boshlandi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Foto: The Times of Israel

Foto: The Times of Israel

Ma’lum bo‘lishicha, yakshanba kuni mamlakat Moliya vazirligi bilan hamshiralar oyligini oshirish yuzasidan o‘tkazilgan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Shu sababli dushanbadan boshlash ish tashlash e’lon qilingan.

Bu vaqtda kasalxonalarda ish yakshanba kungi tartibda davom etgan. Faqat koronavirus hamda saraton kasalligi bo‘limlari, shuningdek, bemorlarga tezkor yordam beruvchi navbatchi hamshiralar odatiy tartibda ishlashda davom etgan.

Xabarda aytilishicha, aksariyat hamshiralar so‘nggi oylarda koronavirus yuqtirgan bemorlar davolanayotgan yuqumli kasalliklar shifoxonalariga yuborilayotganidan norozi. Shuningdek, ularning ko‘pchiligi karantinda bo‘lgani uchun qolganlar ikki baravar yuklama bilan ishlamoqda.

Ushbu voqea sababli ayrim rejalashtirilgan operatsiyalar bekor qilinadi, tahlilni qabul qilish hajmi kamaytirilib, vaksinatsiya qilinadigan klinikalar yopiladi.

Ish tashlashda ishtirok etgayotganlarning asosiy talabi sog‘liqni saqlash tizimidagi kichik va o‘rta hamshiralarning oyliklarini oshirishdir.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda koronavirusga chalinganlar soni 50 ming nafardan oshgan, shundan 21 mingdan ortig‘i sog‘aygan, 400 nafardan ortiq bermor COVID-19 qurboniga aylangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Gulja qirg‘ini” — uyg‘urlarni o‘ldirishni boshlagan Xitoy, chechenlarni ommaviy o‘ldirgan rus OMONi va vodorod bombasini botqoqqa tashlagan AQSH samolyoti. Kun xr...
Mahalliy
Toshkent viloyatida avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...