• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yaqinlarini xatarga qo‘ymaslik uchun uylariga haftalab bormayapti. Biz shunday fidoyilik qilolamizmi begonalarga?” — Shahnoza Soatova shifokorlar haqida

    O‘zbekiston adliya vazirining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shahnoza Soatova Telegram’dagi kanali orqali koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Bugun shifokorlarga nisbatan ayrim salbiy fikrlar aytilyapti. Lekin haqiqiy fidoyi, o‘z kasbining ustalari jonlarini xatarga qo‘yib bo‘lsa ham jang maydonining old qatorida turishibdi. Ularning ham uyida keksa ota-onasi, yosh bolalari bor. Yaqinlarini xatarga qo‘ymaslik uchun uylariga bir necha haftalab borishmayapti, hatto o‘z yaqinlari betob bo‘lsa ham, qaray olishmayapti. Biz shunday fidoyilik qila olamizmi begona insonlar uchun?

    Shifokorlar, hamshiralar, sanitarkalar... Har safar oldimga kirishganida alohida himoya kiyimlarini ko‘rib, o‘zlarini naqadar xavfga qo‘yayotganlarini o‘ylayman. Tashqarida 40, kostyumning ichida 60 daraja bo‘lsa kerak kamida. Ularni himoyalash uchun niqobimni taqqan bo‘laman. O‘zi asrasin!

    Asli birinchi navbatda shifokorlar haqida yozishim kerak edi. Lekin xudbinlik o‘lsin, faqat o‘zimni gapirdim. Shuning uchun bu safargi uzun minnatdorlik postim ularga bag‘ishlanadi.

    Oxirgi ikki kun og‘ir bo‘ldi, Alloh dedim va vrachlarga najot tilab talpindim. Niqob ustidan ko‘rinib turgan nigohlaridan ahvolim, kelajagim haqida nimalarnidir o‘qishga urindim. Ular esa ‘hammasi yaxshi bo‘ladi’ deyishdi. Bugun yaxshiman ancha, demak, aldashmabdi.

    Hozir Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida (xalq tilida ‘Eski ToshMi’ deyiladigan) davolanyapman. Kelgan kunim ahvolim juda yomon edi, nafasim qisardi, havo yetishmayotgandi, behollik va bo‘g‘inlar og‘rishi, ishtahasizlik... Testim natijasi manfiy bo‘lsa ham, baribir belgilar COVID’niki. Qabulxonada isitma ichida navbat kutayotganimda, olib qolmay qaytarvorishsa-chi, degan qo‘rquv bor edi. Lekin olib qolishdi, mendan qochmay, rad etmay, yordamga shoshilishdi. Kerakli dori-darmonlarni qayerdan bo‘lsa ham topib kelib, tezda davolashni boshlashdi.

    Shunday daqiqalarda yordam qo‘lini cho‘zgan, shirin so‘zi bilan ko‘nglimni ko‘tarib, e’tibor va bilimi bilan sog‘lig‘im uchun kurashayotgan, har kuni o‘zi xabar olib, nazorat qilib turgan klinika rahbari Abdashimov Zafar Baxtiyorovichdan alohida minnatdorman.

    Yakshanba kuni bo‘lishiga qaramay, kechasi ham qolib qarayotgan, uzoqroq ketsa, telefonda xabarlashib, doim dardimni yengillatishga tayyor turgan 2-umumiy terapiya bo‘limi boshlig‘i Atanazarov Inomjon Qadambayevichni bir umr duo qilaman.

    Go‘zal, Dilshoda va men ismini bilmaydigan yana boshqa hamshiralarga, sanitarkalarga ulkan minnatdorchiligimni bildiraman.

    Bugun shifokorlarga nisbatan ayrim salbiy fikrlar aytilyapti. Lekin haqiqiy fidoyi, o‘z kasbining ustalari jonlarini xatarga qo‘yib bo‘lsa ham jang maydonining old qatorida turishibdi. Ularning ham uyida keksa ota-onasi, yosh bolalari bor. Yaqinlarini xatarga qo‘ymaslik uchun uylariga bir necha haftalab borishmayapti, hatto o‘z yaqinlari betob bo‘lsa ham, qaray olishmayapti. Biz shunday fidoyilik qila olamizmi begona insonlar uchun?

    Oxirgi ikki kun isitmam qayta chiqqanida turli xayollar, vasvasalar ichra ko‘zimga ular najot farishtasi bo‘lib ko‘rinishdi. Ishqilib, nimadir qilishsin, yo‘lini topishsin deyman. Yo‘lini qidirishyapti, taslim bo‘lmaymiz, opa, siz ham taslim bo‘lmang deyishadi. Alloh rozi bo‘lsin!

    Ular uchun nimadir qilishim kerak deyman, ammo kuchim qalamimga yetadi faqat. Duo qilaman. Shifokorlarimizni asrashimiz kerak. Duolaringizda ularni ham eslang.

    Yana meni dard bilan yolg‘iz qoldirmay, o‘zim taslim bo‘lay deganimda ham yo‘q sizni tuzatamiz deb tirgak bo‘lib turgan, onamning ahvollari bilan ham qiziqib, yarim tunda ham murojaat qilavering, deb dalda berayotgan sevimli jamoam va rahbariyatimga, mashinalar yurmagan payti onam va menga suv va dorilar yetkazib bergan Muslim Mirzajonovga, onlayn maslahatlar berib turgan barcha do‘stlarimga, kun-u tun men uchun halovatidan kechib, yelib-yugurayotgan yaqinlarimga, sevgililarimga ulkan rahmatlarim.

    Menga g‘oyibona madad berib turgan barcha barchadan Alloh rozi bo‘lsin! Sizlarning muhabbatingiz meni qutqaryapti.

    Bugun isitmam yo‘q, saturatsiya 94 foiz. Ya’ni ancha yaxshi bo‘lib qoldim. Duolaringiz, hamdardligingiz, qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Ko‘plashib yengamiz, inshaalloh!

    Tezroq tuzalishim kerak. Vaqt g‘animat, joyni boshqalarga bo‘shatishim kerak...

    Shahnoza Soatova, adliya vazirining maslahatchisi

    Eslatib o‘tamiz, Shahnoza Soatova o‘zida koronavirus belgilari kuzatilayotgan bo‘lsa-da, test topshira olmayotgani haqida avvalroq hikoya qilgandi. Keyinroq u pnevmoniyadan qanday davolanayotganini aytib bergan.

    Mavzuga doir: Foto: O‘zbekistondagi hamshira koronavirusga qarshi kurashdan so‘ng

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarining koronavirusdan vafot etishi bilan bog‘liq ikki holat jamoatchilikka ma’lum qilingan. Ulardan biri Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasining O‘rtasaroydagi karantin markazidagi xizmat ko‘rsatishga safarbar etilgan shifokori Alisher Uralov bo‘lsa, ikkinchisi Olmazor tumani “Mirzo G‘olib” mahallasida joylashgan 18-oilaviy poliklinika katta hamshirasi Feruza To‘xtayevadir.

    Mamlakatda koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan obyektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlariga har 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan. Shuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘mdan to‘lanadi.

    Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a’zolariga esa 250 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar to‘lanadi.

    Mavzuga doir: Chirchiqdagi yuqumli kasalliklar shifoxonasining barcha tibbiyot xodimlari ishdan ketib qolgani rad etildi

    20.07.2020, 19:04   Izoh (0)   24911
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Operativ tarzda, 24 soat uyqusiz faoliyatni amalga oshiramiz”. Behzod Musayev koronavirusga qarshi kurash borasida qilinayotgan ishlar bo‘yicha izoh berdi

    20.07.2020, 18:52

    O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xodimlariga qo‘shimcha rag‘batlantirish puli to‘lanadi

    20.07.2020, 18:28

    O‘zbekistonda antitana tahlili o‘tkazilib, aholining qancha qismida koronavirusga immunitet borligi aniqlanadi

    20.07.2020, 18:03

    Jizzaxda ishlab chiqarilgan Volkswagen Caddy negizidagi tez yordam avtomobillari Toshkentga yuboriladi

    20.07.2020, 17:50

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 17 000 nafardan oshdi

    20.07.2020, 17:09

    Toshkenda koronavirusga chalingan 51 va 42 yoshli erkaklar vafot etdi

    20.07.2020, 16:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.