“Barselona” klubi “Rayo Valyekano”ning 16 yoshli hujumchisi Fabian Lutssi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda katalonlar matbuot xizmati ma’lum qildi.
Futbolchi “Barselona”ga erkin agent sifatida kelgan va jamoa bilan “3+2” ko‘rinishida shartnoma imzolagan.
Lutssiga Madridning “Real” klubi ham qiziqish bildirgandi, biroq “Barselona” futbolchiga moliyaviy tomondan yaxshiroq shartnoma taklif qilgan. O‘z navbatida “Real” yosh futbolchilarga to‘lanadigan maosh tizimini buzmaslik uchun Fabianga katta miqdorda pul to‘lashni istamagan.
Lutssi “Rayo Valyekano”ning asosiy jamoasida rasmiy o‘yin o‘tkazmagan, biroq futbolchi so‘nggi vaqtlarda asosiy jamoa mashg‘ulotlarida muntazam qatnashib kelgan. Hujumchi “Rayo” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va o‘zi harakat qilgan har bir yosh toifasidagi jamoaning asosiy to‘purari bo‘lgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)