O‘zbekiston terma jamoasi va Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov jamoadoshi Xalkning “Zenit”ga o‘tishi haqidagi xabarlar va o‘z kelajagi borasida gapirdi.
“Xalkning “Zenit”ga qaytishi haqiqatga yaqinmi? Hamma narsa bo‘lishi mumkin, bu borada hozircha u bilan gaplashmadim.
Mening kelajagim? Hozirda “Shanxay SIPG” bilan amaldagi shartnomam bor”, — deydi Ahmedov Sport24 nashriga bergan intervyusida.
Mavzuga doir:
Odil Ahmedovning Xitoy klubi bilan amaldagi shartnoma 2020-yil oxiriga qadar mo‘ljallangan. Uni yana bir yilga uzaytirish bandi ham bor.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)