Toshkentning Chilonzor tumani Gagarin ko‘chasida 14-iyul kuni onkologik kasallik tufayli olamdan o‘tgan taniqli aktyor Abdurayim Abduvahobov xotirasiga bag‘ishlab sirli ko‘cha rassomi tomonidan “Shum bola” filmi bosh qahramoni Qoravoyning rasmi chizildi. Bu haqda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
https://www.instagram.com/p/CCvAwgVMV-6/
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazidagi bog‘da adib G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asari bosh qahramoni — Qoravoy sharafiga haykal o‘rnatilgan edi.
Ma’lumot uchun, Abdurayim Abduvahobov 1963-yil 8-avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan.
Aktyor “Shum bola”, “Suyunchi”, “Muhabbat sinovlari”, “18-kvadrat”, “Ada emas, dada”, “Firibgar”, “Osiy banda”, “Poyga”, “Bevalar”, “So‘nggi nafasimgacha”, “Sevgi balki, bu jannat 2”, “Nazira” kabi filmlari, “Shaytanat” seriali hamda “Chimildiq” spektaklidagi rollari bilan mashhurlikka erishgan.
Izoh (0)