Joriy yilning 2-iyulida Monopoliyaga qarshi qo‘mita Prezident qarori loyihasini e‘lon qildi, unda “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ qora va rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash bo‘yicha monopoliyasini bekor qilishni rejalashtirilgan.Shuni ta‘kidlash kerakki, raqobatni rivojlantirish va kichik metallurgiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish shiori ostida ilgari surilgan tashabbus, qora va rangli metallurgiyaning ichki sektorini yo‘q qilishga olib keladi.
I. Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi metallurgiya salohiyatining o‘tkazilgan tahlili mamlakat sanoatining ushbu sektori zaifligi va sezgirligini ko‘rsatadi.
Respublika og‘ir sanoat sohasi (metallurgiya) MDHda etakchi mamlakatlar bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi (RF) va Qozog‘iston Respublikasi (QR) bilan taqqoslaganda, teng raqobat sharoitida emas.
Xususan, Rossiya Federatsiyasida 110,3 milliard tonna hajmda temir rudasining yirik konlari mavjud va yiliga 100 million tonna qayta ishlanadi, bu hozirgi sur’atda qariyb 1103-yilga yetadi, Qozog‘iston Respublikasi esa 18,6 mlrd tn miqdorida temir rudasi zaxirasiga ega va yillik qayta ishlash 22 million tonnani tashkil etadi, bu sanoatni 845-yil davomida xom ashyo bilan ta’minlashga qodir. Temir temir rudalarining ulkan zaxirasi mavjudligi sababli Rossiya va Qozog‘iston temir parchalarini sotib olish bo‘yicha davlat monopoliyasini bekor qildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston hududida “Tebinbuloq” (Qoraqalpog‘iston) temir rudalarining o‘rganilgan yagona koni mavjud, uning hajmi 0,996 milliard tonnani tashkil etadi, bu Rossiya zaxiralarining atigi 0,9 foizini va Qozog‘iston zaxirasining 5,3 foizini tashkil etadi. Shu bilan birga, temir ishlab chiqarish 66,4 million tonnani tashkil etadi, bu respublika sanoatining hozirgi ehtiyojlari bilan atigi 30 yilga yetadi (taqqoslash uchun: Rossiya Federatsiyasi zaxiralari 1103 yil, Qozog‘iston Respublikasi esa 845-yilgaa yetadi). Bundan tashqari, ushbu bosqichda Tebinbuloq konlarini o‘zlashtirish katta sarmoyalarni talab qiladi, ayni paytda ushbu loyiha ustida ish olib borilmoqda.Shunga asoslanib, O‘zbekistonda metallurgiya xom ashyosi, Rossiya va Qozog‘istondan farqli o‘laroq, tanqidiy ahvolda, chunki yagona manba bu qora va rangli metall parchalarini yig‘ishdir. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, respublikada qora metall parchalari yillik hajmi atigi 800 ming tonnani tashkil etadi, ularning asosiy iste’molchilari “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “OKMK” AJ, “NKMK” DK va boshqalar.
Hozirgi vaqtda mamlakatda 1,2 million tonna suyuq metall ishlab chiqarilmoqda, uning 80 foizi “O‘zmetkombinat” OA hissasiga to‘g‘ri keladi va bu o‘z navbatida kombinat mamlakatning strategik korxonalaridan biri ekanligini isbotlaydi. Binobarin, davlat metallurgiya sanoatini isloh qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishda, avvalambor, mahalliy qora metallurgiyaning etakchisi bo‘lgan “O‘zmetkombinat” AJ uchun manfaatlar va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni hisobga olishi kerak.
Ta’kidlash joizki, respublikada strategik ahamiyatga ega bo‘lgan “O‘zmetkombinat” AJ, shuningdek, boshqa mamlakatlardagi shunga o‘xshash korxonalar uchun metallurgiya xom ashyosini uzluksiz yetkazib berish masalasi barqarorlik va keyingi rivojlanishning muhim qismidir.Bu masala, ayniqsa O‘zbekiston sharoitida juda muhimdir, sababi mamlakatda temir ma’dan konlarining mavjud emasligi, metallurgiya ishlab chiqarishning yagona manbai temir-tersak va qora metall parchalari bo‘lib “O‘zmetkombinat” AJ metallurgiya ishlab chiqarish texnologik jarayoni ham dastlab shu xom ashyoga moslashtirilgan.Shu asosda, kombinatning metal sohasidagi asosiy o‘rni va muhim rolini hisobga olib, yagona to‘g‘ri va zarur qaror “O‘zmetkombinat” AJ ning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida mavjud metallolom zahirasini markazlashtirgan yo‘naltirish hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonda metallolom ikkilamchi ishlab chiqarishi uchun doimo monopoliya amal qilgan. (o‘xshash holat Belorusda ham kuzatiladi: bu mamlakat ham ma’dan konlariga ega emasligi vajidan metalolom ishlab chiqarishni davlat boshqaruvini qo‘llab-quvvatlaydi).
Ta’kidlash joizki, “O‘zmetkombinat” AJ lom tayyorlashdagi monopol huquqi doirasida ham yillik lom tayyorlash hajmi (800 ming tonna)dan yiliga maksimum 600-700 ming tonna ya’ni o‘zichki ehtiyojlarini 55-60 % qondirish darajasida ishlaydi.
Shu maqsadda, Hukumat tomonidan qo‘yilgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni samarali ta’minlash maqsadida yetishmagan zarur xom-ashyoni chet eldan import qiladi: issiq briket temir holatidagi birlamchi rudadan olingan xom-ashyo tayyor mahsulot sifatini ham oshiradi.
Bundan tashqari, “O‘zmetkombinat” AJ davlatning qora metal parchalarini sotib olishga monopol huquqi bo‘yicha davlat ko‘magiga tayangan holda, yana bir ko‘lamli loyiha - “Toshkent matallurgiya zavodi” uchun xomashyo ta’minotchisi bo‘lishi ko‘zda tutilayotgan “Quyma va prokat sexi qurilishi” yirik loyihasini amalga oshirish tashabbusi bilan chiqdi. Uning mahsulotlari nafaqat mamlakat ichki talabini qoplaydi, balki mamlakatning eksport salohiyatini ham kuchaytiradi.
Biroq yaqinda ba‘zi vazirliklar va idoralar bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish shiori ortiga yashiringan holda, go‘yoki, Rossiya va Qozog‘iston tajribasiga asoslanib, qora va rangli metallarni sotib olish bo‘yicha monopoliyani butunlay bekor qilish bo‘yicha masalani qo‘llab quvvatlay boshladi. Ammo yuqorida ko‘rsatilgan davlatlar hukumatlari tomonidan bunday qarorni qabul qilinishida hal qiluvchi omil bu davlatlarda temir rudalarining katta zahirasi mavjudligi va taassufki, bizning ba‘zi vazirlik va idoralar bu faktni hisobga olmayaptilar.O‘zbekistonda lom tayyorlashdagi monopoliya huquqini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror mahalliy metallurgiya sanoati uchun halokatli va uni yo‘q qilishga qaratilgan. Ushbu tashabbusning asl maqsadi noaniq bo‘lib qolmoqda, sababi ushbu tashabbus ortidan mamlakatimizning metallurgiya sanoati uchun salbiy oqibatlar kutilmoqda. Monopoliyani bekor qilinishi sanoatning joriy rivojlanish sur‘ati uchun yetishmayotgan metallurgiya xomashyosi va metall buyumlar importini qisqartirish masalasini hal qilmaydi.
Raqobat muhiti xom ashyo yetishmasligi va importning ko‘payishi tufayli narxlarning pasayishiga olib kelmaydi, aksincha, metal parchalari (metallolom) narxining kamida ikki baravar oshishiga olib keladi. Natijada tayyor mahsulot tannarxining o‘sishiga, valyutaning chetga chiqib ketishiga va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligining pasayishiga olib keladi. Bu respublika metall mahsulotlari eksportini yo‘qotadi va yuqori sifatli metal prokatlar importini ko‘paytiradi.
Agar maqsad kichik metallurgiyani rivojlantirish bo‘lsa, u holda xom-ashyo yetishmasligi “O‘zmetkombinat” AJning bankrot bo‘lishiga olib keladi. Xususiy korxonalar, birinchi navbatda, zavod tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini qoplamaydi; ikkinchidan, ular texnologik jarayonlarning mehnat va kapital sig‘imi hamda milliy va xalqaro standartlarning yuqori talablariga moslasha olmaydi va bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta‘minlay olmaydi. Natijada, ishlab chiqariladigan sifatsiz mahsulotlar tufayli binolar va inshootlarning qulashi xavfi oshadi.Hozirgi kunda O‘zbekistonda qora va rangli metallarni sotib olishga monopoliyaning bekor qilinishi xom ashyo bilan bog‘liq allaqachon og‘ir va keskin vaziyatni yana-da og‘irlashtiradi. Bu esa butun metallurgiya sanoatini izdan chiqaradi va uning rivojlanishiga jiddiy ta‘sir qiladi, strategik ahamiyatga ega yirik loyihalarni amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiladi. Ushbu qarorning salbiy oqibatlari asosiy import qiluvchi mamlakatlar (Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston) tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida metallolom eksportini ro‘y berishi mumkin bo‘lgan taqiqi fonida kuchayadi. Oxir oqibat, respublika iqtisodiyotining ustunlaridan biri bo‘lgan metallurgiya sanoatining kelajakdagi mavjudligi shubha ostida qoladi.
II. Yuqoridagi tashabbusning mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari quyidagicha:
1. Hozirgi vaqtda “O‘zmetkombinat” OAJning 1 tonna metal prokati Rossiya va Qozog‘istondan kelgan o‘xshash mahsulotga nisbatan raqobatbardosh narx ustunligiga ega, ammo agar metallolom monopoliyasi bekor qilinsa, Bekobod prokati narxi joriy tannarxidan 21% ga oshadi, bu esa mahalliy mahsulotlarni bozorda raqobatdoshligini o‘ldiradi.
2. “O‘zmetkombinat” AJda 12 mingga yaqin ishchi va mutaxassislar ishlaydi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu holat ma‘lum miqdordagi metal ishlab chiqarish uchun haddan tashqari ko‘p xodimlar deganidir. Hisob-kitoblar (shu jumladan, Rossiya va Qozog‘istonning yirik Novolipeyskiy metallurgiya zavodi, Magnitogorsk metallurgiya zavodi va Qarag‘anda metallurgiya zavodi misolida o‘tkazilgan qiyosiy tahlil natijalariga ko‘ra) 1 million tonna metall buyumlar ishlab chiqarish uchun 3 ming ishchi kuchi zarur bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Demak, bu “O‘zmetkombinat” AJ ko‘rsatkichidan 4 baravar kam.
Korxona nomi | Ishchilar soni (ming) | Yillik metal hajmi (mln tonna) | Ishchilar sonining Ishlab chiqarish hajmiga nisbati Ko‘rsatgichning yuqori bo‘lishi, ishlab chiqarishning shuncha yomonligini ko‘rsatadi |
Novolipeyskiy metallurgiya zavodi, | 30 | 12 | 2.5 |
Magnitogorsk metallurgiya zavodi va | 18.6 | 12.2 | 1.5 |
Qarag‘anda metallurgiya zavodi misolida | 17.3 | 6 | 2.8 |
“O‘zmetkombinat” AJ | 12 | 1.06 | 11.3 |
3. Import o‘rnini bosishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalari doirasida “O‘zmetkombinat” AJ qiymati 613 million dollarga teng bo‘lgan yangi quyma-prokat kompleksi qurmoqda. Loyiha 2025-yilga kelib, 16 488 milliard so‘m miqdorida daromad keltiradi.
Ushbu ob‘ekt bilan birgalikda Toshkentda 300 million yevrodan ortiq sovuq prokat ishlab chiqaradigan Toshkent metallurgiya zavodini (TMZ) qurish bo‘yicha yana bir yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu ikkala loyiha metallurgiya klasterini yaratadi va respublikada payvandlangan quvurlar, yassi prokatlar, shpritslar, qoplangan prokatlar, turli xil metall konstruktsiyalar, listlar ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘plab loyihalarni amalga oshirilishini rag‘batlantiradi.
Shu munosabat bilan, ruda xaridi bo‘yicha monopoliyadan chiqarish tashabbusi ushbu loyihalarni amalga oshirishga real tahdid soladi. Eng maqbul stsenariyda LPK (Prokat quyish kompleksi) va TMZ (Toshkent metallurgiya zavodi) loyihalarini amalga oshirishdan keyin byudjetga yillik 152 million dollar ajratmalar va 329 million dollarlik eksport tushumini yo‘qolishiga olib keladi.
4. Qora metal parchalar xaridi bo‘yicha monopoliyaning bekor qilinishi kombinat:
- Importining yiliga 186% ga ortishiga;
- Xarajatlarning 197 milliondan 367 million dollargacha ortishiga;
- Budjetga ajratmalar amaldagi 77,991 mlr so‘m ya‘ni 100 foizga kamayishiga;
- Joriy 189,944 mlrd so‘m miqdoridagi sof foydaning 566,003 mlrd so‘m miqdorida zararga o‘tishiga;
- Kombinat rentabelligi 5,1% dan -12,0% gacha tushishiga olib keladi.
III. Salbiy oqibatlar “O‘zvtortsvetmet” AJ faoliyatida ham ask etadi. Ushbu muassasa ishlab chiqarishi 75 foizga pasayishi, eksportining o‘rtacha 26 million dollargacha yo‘qotilishi, ishlab chiqarish tannarxining 12 foizga o‘sishi, ish o‘rinlarining 3 baravarga qisqarishi (700 dan 200 kishigacha) kuzatiladi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyoda yagona “Gel batareyalari ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirilishi ham to‘xtaydi. Bu 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlarining yo‘qolishiga, yillik valyuta tushumining kamida 3 million dollarga kamayishiga, gel batareyalari importining 10 million dollarga oshishiga olib keladi.
IV. Bundan tashqari, ruda sotib olish bo‘yicha monopoliyani bekor qilish tashabbusi respublika miqyosida quyidagi muammolarga olib keladi:
a) yiliga davlat tashkilotlari tomonidan qora metal parchalari (taxminan 500 ming tonna) va rangli metallarni (taxminan 5 ming tonna) yetkazib berish ularni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatish bahonasida to‘xtaydi. Belgilangan hajm katta ehtimollikda 1) chet elga kontrabanda yo‘li bilan chiqib ketishi; 2) yashirin iqtisodiyot sektorini kuchaytiradigan “qora bozor”ga o‘tib ketishi; 3) binolar va inshootlar qulash xavfini oshiruvchi past sifatli qurilish metall buyumlarini ishlab chiqarish uchun maxsus induksiyon pechlar foydalanishiga o‘tib ketadi.
b) avtomobilsozlik ehtiyojlari uchun alyuminiy va qo‘rg‘oshin qotishmalari importi hajmining o‘rtacha 10 million dollardan oshishi mahalliy avtomobillar narxining oshishiga olib keladi;
v) radioaktivlikni aniqlaydigan radio-tahlil uskunalar narxining yuqoriligi tayyor mahsulot ishlab chiqarishda radioaktiv parchalarni ishlatish tendentsiyasining o‘sishiga (qora metaldan armatura, ugolnik, shveller, kvadrat va rangli metaldan derazalar, profillar, eshiklar, fitinglar, batareyalar va boshqalar) shuningdek, kichik va xususiy korxonalarda ishchilarning malakasining pasayishiga olib keladi;
d) xususiy quyish korxonalari 1 million dollar qiymatga ega laboratoriya jihozlarini sotib olishga qodir emasligi sababidan metallolomdan past sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ko‘payadi;
e) xususiy sektorda filtratsiya va gaz tozalash tizimlari harajatlari tejalishi zararli moddalarning atmosferaga chiqarilishi ko‘paytiradi va respublikada ekologik vaziyatning yomonlashishini keltirib chiqaradi.
Xulosa o‘rnida, Monopoliyaga qarshi qo‘mitaning puxta o‘ylanmagan va shoshilinch tashabbusi ichki metallurgiyani sanoatini yo‘q qiladi, respublikaga bir necha milliard dollar miqdorida zarar etkazadi. Jumladan, ushbu qaror LPK va TMZ qurilishiga sarflangan mablag‘larni havoga uchishiga, 8-12 ming ishchini ishdan mahrum bo‘lishiga va metall buyumlar importini kamida ikki baravarga oshishiga sabab bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy sohasida katta yo‘qotishlarni keltirib chiqaradi.
“O‘zmetkombinat” AJ matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)