Sautgempton universiteti olimlari insoniyat Yerni uzoq o‘tmishga “qaytarishi”ni aniqladi, deb xabar beradi PHYS portali.
Tadqiqotlar davomida mutaxassislar Yer sayyorasidagi iqlim uzoq o‘tmishdagi ko‘rsatkichlarga qaytishini aniqlagan. 2025-yilga borib Yer 3,3 million yil ortga “qaytadi”.
Aynan ushbu davrda atmosferadagi karbonat angidrid miqdori 2,8 million yil oldingi pliotsen davrida kuzatilgan ko‘rsatkich — 5,3 dan oshadi. O‘sha vaqtda atmosferadagi karbonat angidrid konsentratsiyasi har million uchun 380-420 zarraga yetgan. Hozirda esa ushbu ko‘rsatkich 415 zarraga teng.
Olimlar bu kabi xulosaga Karib dengizi tubidagi tosh qotgan jismlarning kimyoviy tarkibini tahlil qilganidan so‘ng kelgan. Ularga ko‘ra, pliotsen davrida Yerda harorat 3 darajaga iliqroq, dengiz sathi esa balandroq bo‘lgan.
Avvalroq BMTning Butunjahon meteorologiya tashkiloti yaqin besh yil ichida global harorat sanoat darajasidagi bilan taqqoslaganda yana 1,5 darajaga oshishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)