Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ispaniya chempionatining 35-turida “Real” “Alaves”ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: Eurosport

Foto: Eurosport

Madrid klubi darvozaboni Tibo Kurtua mazkur bellashuvni qo‘shib hisoblaganda ketma-ket beshinchi uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi. Shu tariqa belgiyalik posbon La Liganing 2019/20-yilgi mavsumida “quruq” o‘yinlari sonini 18 taga yetkazib oldi.

Bir mavsum davomida “quruq” o‘yinlar o‘tkazish bo‘yicha “Real”ning rekordchisi Fransisko Buyo (1986/87-yilgi mavsumda 19 ta “quruq” o‘yin o‘tkazgan) sanaladi. Shuningdek, Buyo 1987/88-yilgi mavsumda ham Kurtua kabi 18 ta o‘yinda darvozasidan to‘p olib chiqmagan.

Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli Tibo Kurtua 2018-yildan beri “Real” sharafini himoya qilib keladi. Joriy mavsumda u La Liganing 32 uchrashuvida maydonga tushdi.

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada turar joy binosidagi portlash oqibatida 6 kishi jarohat oldi
Mahalliy
Toshkentda Lacetti Nexia-3 bilan to‘qnashib, olti nafar piyodani ham urib yubordi
Madaniyat
“Ummon” guruhining ikki oydan ko‘proq komada bo‘lgan xonandasi Zohid Risqiyev o‘ziga keldi (video)